Russia Open-2019: O‘zbekiston terma jamoasi 8 ta medalni qo‘lga kiritdi
28-29 sentabr kunlari Rossiya poytaxti Moskva shahrida taekvondo bo‘yicha Russia Open turniri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston sharafini 15 nafar taekvondochi himoya qildi. Quvonarlisi ulardan 8 nafari musobaqa medallarini qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Musobaqa davomida Feruza Sodiqova, Nigora Tursunqulova, Svetlana Osipova, Jasurbek Jaysunov va Nikita Rafalovichga teng keladigan raqib topilmadi. Charos Qayumova hamda Ozoda Sobirjonova faqatgina finalda imkoniyatni boy berishdi. Madinabonu Mannopova esa musobaqada yarimfinalga qadar yetib bordi.
Shu tariqa taekvondochilarimiz 5ta oltin, 2ta kumush va 1ta bronza medaliga ega chiqishdi. Bu orqali sportchilarimiz O‘zbekistonda taekvondo jadal sur'atlarda rivojlanib borayotganini, ko‘plab mahoratli yoshlar yetishib chiqayotganini yana bir bor isbotlashdi.
Shuningdek, o‘zbekistonlik Nigora Tursunqulova qizlar o‘rtasida musobaqaning "eng tajovuzkor jangchi"si nomiga sazovor bo‘ldi.
Russia Open-2019 sovrindorlari:
-62 kg: Feruza Sodiqova
-67 kg: Nigora Tursunqulova
+73 kg: Svetlana Osipova
-68 kg: Jasurbek Jaysunov
-80 kg: Nikita Rafalovich
-53 kg: Charos Qayumova
-57 kg: Ozoda Sobirjonova
-49 kg: Madinabonu Mannopova
taekvondo, Russia Open-2019