19:49 / 30.09.2019
0
10714

Jak Shirak Parijdagi qabristonda dafn etildi

Fransiyaning sobiq prezidenti Jak Shirak Parijdagi Monparnas qabristonida dafn etildi. 

Dafn marosimi marhumning yaqinlarigina ishtirokida o‘tgan. Shirak 2016 yilda vafot etgan qizi Lorans yoniga dafn etilgan.

30 sentabr Fransiyada Shirakning vafoti munosabati bilan motam kuni deb e'lon qilingandi. Shu munosabat bilan hukumat binolarida bayroqlar tushirib qo‘yilgan.  

Shuningdek, mahalliy vaqt bilan soat 15.00da Shirak xotirasiga mamlakatning davlat muassasalari va maktablarda bir daqiqalik sukut saqlangan. 

Sen-Syulpis cherkovida Shirak haqiga ibodat bo‘lib o‘tgan. Marosimda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va o‘nlab davlatlar yetakchilari ishtirok etgan.

Shirak 26 sentyabrda 86 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. U 1995 yildan 2007 yilgacha prezident lavozimini egallagan. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top