O‘zbekiston | 07:38 / 30.09.2019
47830
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?

Foto: LiveJournal

Gidrometeorologiya xizmati markazi 1 - 4 oktabr kunlari uchun ob-havo ma'lumotini e'lon qildi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11 daraja, kunduzi 1-2 oktyabrda 15-20 daraja iliq, 3-4 oktyabrda 18-23 daraja issiq bo‘ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 1 oktyabrda 18-23 daraja, 2-4 oktyabrda 20-25 daraja issiq bo‘ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 1 oktyabrda 18-23 daraja, 2-4 oktyabrda 20-25 daraja issiq bo‘ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16 daraja iliq, kunduzi 1-2 oktyabrda 22-27 daraja, 3-4 oktyabrda 20-25 daraja issiq bo‘ladi. 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, 1 oktyabrda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 2 oktyabrda ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 3-4 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishni o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 1-2 oktyabrda 18-23 daraja, 3-4 oktyabrda 20-25 daraja issiq bo‘ladi. 

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishni o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid