Qarshi shahridagi «WUNDER CHILDREN» nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida Janubiy Koreyaning «CHUSOK» milliy bayrami nishonlandi
Qarshi shahridagi davlat-xususiy sherikligida asoslangan «WUNDER CHILDREN» nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida Janubiy Koreyaning «CHUSOK» milliy bayramiga bag‘ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.
Respublikamizda maktabgacha ta'limga qaratilayotgan e'tibor negizida farzandlarimizni yetuk bo‘lib ulg‘ayishini ta'minlashdek ulkan va mas'uliyatli vazifalar turibdi. Shu maqsadda Qarshi shahridagi «WUNDER CHILDREN» nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida bir qator ibratli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bolalik inson umrining eng baxtiyor pallasidir. Ushbu davr doim yorqin lahzalar, atrofdagilarning mehri og‘ushida bo‘lishi bilan ajralib turadi. Har bir bola ana shu o‘ziga xoslikka ega bo‘lishga loyiq. Bu yo‘lda ularga atrofdagilarning ko‘magi muhim. Bularni Qarshi shahridagi «WUNDER CHILDREN» nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari Xurshida Xakimovaning faoliyati orqali ham bilish mumkin.
Bolalarni har tomonlama rivojlantirish uchun muassasada barcha sharoitlar mavjud bo‘lib, muassasa rahbarning tinimsiz mehnatlari evaziga zamon talablariga javob beradigan, zamonaviy uslubda qurib ta'mirlangan va jihozlangan. Ushbu muassasada 100 dan ortiq bolajonlar o‘ynab-quvnab, o‘sib ulg‘ayib ta'lim-tarbiya olmoqda. Qadimdan halqimizning ilmga bo‘lgan iste'dodini hisobga olgan holda bolajonlarga 3 yoshidan boshlab rus, koreys va ingliz tillari, mental arifmetikaning o‘rgatish, shuningdek milliy urf-odatlarimiz hamda boshqa davlatlarning an'analarini mukammal o‘rgatish yo‘lga qo‘yilgan.
Muassasada bolajonlarga yo‘l harakati qoidalari hamda havoda uchuvchi texnika vositalaridan foydalanish darslari amaliy tarzda innovatsion loyiha asosida o‘rgatilishi yangilik deyishga arziydigan, muassasa rahbar tomonidan yo‘lga qo‘yilgan g‘oyalardan biridir.
Ta'lim sifatini oshirish maqsadida xalqaro aloqalarni rivojlantirish, xorijiy tajribalarni o‘rganish va qo‘llash samarali foyda bermoqda. Bu esa Janubiy Koreya Seul universitetining Seband ta'lim markazidan Qarshi davlat universitetiga kelgan professor o‘qituvchilari bilan mustahkam aloqa o‘rnatilib, maktabgacha ta'limning bolalar muassasalarida yangi shakllarini tashkil etish, ularni loyihalash va oldiga qo‘yilgan maqsadlar haqida fikrlar almashilmoqda.
Muassasada o‘tkazilgan Janubiy Koreyaning «CHUSOK» milliy bayramiga tashrif buyurgan Seband ta'lim markazi professor o‘qituvchilari muassasa tarbiyalanuvchilari tomonidan ikki davlat madhiyasini o‘zgacha hayajon bilan ijro etishlari, koreys tilida aytilgan qo‘shiq-she'rlari va mahorat bilan ijro etgan koreys milliy raqslarini ko‘rib lol qolgan holda, – «Muassasada bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ijtimoiy muhit, o‘zga millat va urf-odatlariga hurmat asosida o‘tkazilgan ma'rifiy tadbir, jahon sivilizatsiyasiga qo‘shiladigan ma'naviyati yuksak farzandlar shu muassasada tarbiyalanishiga hech shubhamiz yo‘q» deb e'tirof etishdi.
Telefon: +99891 4615162
«WUNDER CHILDREN» nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi
Reklama huquqi asosida