Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bezos Amerikaning eng boy kishilari ro‘yxatida qatorasiga ikkinchi bor yetakchi bo‘ldi
Amazon onlayn-riteyleri asoschisi va rahbari Jyeff Bezos Amerikaning eng boy 400 kishisi ro‘yxatida qatorasiga ikkinchi bor yetakchi bo‘ldi. Bu haqda Forbes jurnali xabar berdi.
Nashr Bezosning boyligini 114 milliard dollar deb baholadi. O‘tgan yili uning boyligi 160 milliard dollar deb baholangandi.
Qayd etilishicha, biznesmenning “yo‘qotishi” uning xotini Makkenzi bilan “dunyodagi eng qimmat ajrashish” deb nom olgan ajrashish jarayoni yakunlangani bilan bog‘liq. Biznesmenning sobiq xotini uning Amazon kompaniyasidagi ulushining chorak qismini oldi.
Eng boy 400 amerikalikning to‘liq ro‘yxati Forbes saytida 2 oktyabrda e'lon qilinadi.
Mavzuga oid
16:09 / 11.11.2025
AQShda “Nyu Glenn” raketacining birinchi tijorat parvozi qoldirildi
18:39 / 02.07.2025
Amazon rahbari kompaniyaning 737 mln dollarlik aksiyalarini sotdi
18:40 / 05.02.2025
Jyeff Bezos Trampning g‘azabini keltirmaslik uchun iqlim bo‘yicha tashkilotni moliyalashtirishni to‘xtatdi
17:19 / 16.01.2025