Hindistonlik shifokorlardan bepul konsultatsiya
Hindistonning mashhur «Fortis» klinikasi shifokorlari O‘zbekistonda bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazishadi. Malakali vrachlar tomonidan 6-7 oktabr kunlari «Darmon servis» klinikasida, 8 oktabr kuni esa Samarqand shahridagi «Extramed» klinikasida bepul konsultatsiya o‘tkaziladi.
Bemorlarga shu kunlari quyidagi mutaxassislikdagi shifokorlar xizmat ko‘rsatadi:
- Bolalar kardioxirurgi;
- Nevroxirurg ortoped;
- Gepotolog-gastroentrolog.
Ko‘rik davomida turli navbatlarning oldini olish maqsadida Toshkent shahrida konsultatsiyada qatnashishni xohlovchilar 99 807-55-44, 97 748-55-44 raqamlari orqali, Samarqandda esa 91 542-88-18 va 97 920-73-73 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi.
Shuningdek, agar shifokorlar ko‘rigidan so‘ng Hindistonga borib davolanish istagini bildiruvchilar bo‘lsa, «Darmon servis» klinikasi ularga viza va aviabilet masalalarida yordam beradi, tarjimon xizmati, kuzatish va kutib olishning bepul bo‘lishini ta'minlaydi.
Manzil: Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasi, 18/19 uy «Darmon servis» klinikasi.
Mo‘ljal: Chilonzor tumani IIB.
Samarqand shahar, Firdavsiy ko‘chasi, 143D uy «Extramed» klinikasi.
Reklama huquqi asosida