Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekistonga ko‘proq advokatlar kerak». BMT maxsus ma'ruzachisi advokatlar masalasida qanday tavsiyalar berdi?
BMT Inson huquqlari kengashining sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalalari bo‘yicha maxsus ma'ruzachisi Diyego Garsiya-Sayan sud-huquq sohasida hal qilinishi kerak bo‘lgan 6ta masala haqida aytib o‘tgan va ularning ichida advokatlar masalasiga ham alohida to‘xtalgandi.
«Bizning mamlakatda (Peru – tahr.) keragidan ortiq advokat mavjud. Bizning aholi ham deyarli 33 millionga yaqin. Poytaxtimizning o‘zida 70-80 ming nafar atrofida advokat faoliyat olib boradi. O‘zbekistonda esa bor yo‘g‘i 4 mingta advokat mavjud. Ya'ni, bu borada ham salbiy fikrlar bo‘lishi mumkin. Advokatlar kam ham, ko‘p ham bo‘lishi kerak emas. Ular yetarli miqdorda bo‘lishi kerak. Ular fuqarolarni himoya qilishlari kerak. Buning uchun ko‘proq advokat kerak. Yangi yuridik institutlar kerak. Bu albatta investitsiya talab qiladi. Butun O‘zbekistonda bor yo‘g‘i bitta yuridik institut bor. O‘ylaymanki, shunday muassasalarni targ‘ib qilish kerak.
Bundan tashqari, advokatlarning avtonomligi, ya'ni mustaqilligini ta'minlash lozim. Advokatlar palatasi, ularga mening maslahatim kerak emas, ya'ni ularning o‘zi masalan, kim ularga a'zo bo‘lishi kerak, ularning hay'ati raisligida ham kimlar a'zo bo‘lishi kerak, ular o‘sha advokatlar orqali o‘z a'zolarini saylashi kerak. Va bu saylash jarayoniga davlat tashkilotlari tomonidan hech qanday ta'sir o‘tkazilishi kerak emas. Bilamizki, advokatlar palatasi hay'atida adliya vazirligi vakillari ham bor. Bu ham o‘zgarar balki. Bundan tashqari, kvalifikatsion tashkilotlar, hay'atlar bor. Ularning hammasi advokatlar tomonidan boshqarilishi lozim. Biz advokatlardan shikoyatlar ham oldikki, ular doimo o‘z himoyasidagi shaxslar bilan uchrasha olishmaydi. Lekin, vaqtincha saqlash joylarini borib ko‘rganimizda sharoitlar borligini ko‘rdik. Advokatlar o‘z himoyasidagi shaxslarga yordam berishi kerak.
O‘rganishlarimizdagi ba'zi kamchiliklarga siyosiy qarorlar bilan yechim topsa bo‘ladi. Bu oxirgi 3 yildagi jarayondir. O‘ylaymanki, shunday yordamchi qarorlar ham qabul qilinadi. Sudyalar va advokatlarning mustaqilligi bo‘yicha ishlar davom etmas ekan maqsadga erishib bo‘lmaydi», – deya ta'kidlagan BMT maxsus ma'ruzachisi.
Eslatib o‘tamiz, BMT Inson huquqlari kengashining sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalalari bo‘yicha maxsus ma'ruzachisi Diyego Garsiya-Sayan tashrifi davomida prezident Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘lgandi.
U shuningdek tashrifi davomida ommaviy axborot vositalari bilan uchrashgan, Xalqaro press-klubda sud-huquq sohasida hal qilinishi kerak bo‘lgan 6 masala haqida aytib o‘tgan va O‘zbekistondagi korrupsiya tahdidi haqida ogohlantirgan edi.
Mavzuga oid
08:54 / 09.10.2025
Toshkent va Surxondaryoda advokatlar qo‘lga olindi
13:46 / 07.04.2024
Toshkent va Samarqandda noqonuniy harakat qilgan advokatlar ushlandi
16:10 / 11.01.2023
Prezident tanqididan so‘ng davlat hisobidan bepul ta’minlanadigan advokatlarni «elektron tanlash» tizimi ishga tushirilmoqda
23:28 / 17.07.2020