Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: «Paxtakor» «So‘g‘diyona»ni yirik hisobda mag‘lub etdi va chempionlikni nishonladi
Superligada 21-turdan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi.
«Paxtakor» o‘z maydonida «So‘g‘diyona»ni qabul qilib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollar Igor Sergeyev (2ta) va Doston Hamdamov hisobiga yozildi.
O‘yindan keyin «Paxtakor» klubi muxlislar bilan avvalgi turda, «Metallurg»ga qarshi g‘alabali o‘yindan (2:1) keyin qo‘lga kiritilgan 12-chempionlikni nishonladi.
Shota Arveladze shogirdlari 21 turda 59 ochko jamg‘arishgan va eng yaqin ta'qibchisi «Lokomotiv»ni 22 ochkoga ortda qoldirishgan. «Sherlar» mavsumni mag‘lubiyatsiz davom ettirmoqda, jamoa mavsum boshidan buyon 19 g‘alabaga erishib, faqat 2 o‘yinda durang o‘ynagan, to‘plar nisbati - 64:12.
Shuningdek, jamoaning asosiy hujumchisi Dragan Cheran 22ta gol bilan turnir to‘purari bo‘lib turibdi, u eng yaqin ta'qibchilari Humoyun Murtozayev («Nasaf», 11 gol), Temurxo‘ja Abduxoliqov («Lokomotiv», 11 gol) va Zafar Polvonovni (OKMK, 11 gol) katta farq bilan ortda qoldirishga erishgan.


Superliga, 21-tur
1 oktabr, Toshkent, «Paxtakor» stadioni
PAXTAKOR - SO‘G‘DIYoNA 3:0
Gollar: Igor Sergeyev (21, 55), Doston Hamdamov (89)
Hakamlar: O.To‘ychiboyev, A.Rasulov, J.Saidov, R.Choriyev.
Nazoratchi: G‘.Karimov. Komissar: A.Davidenko.
Paxtakor: Suyunov, Alijonov, Simich, Krimets (S), Sayfiyev, Hamrobekov, Sobirxo‘jayev, Hamdamov, Cheran, Masharipov, Sergeyev.
Zaxira: Quvvatov, Salimov, Abdullayev, Roziyev, Iminov, Mahmudhojiyev, Bikmayev, Kozak, Yo‘ldoshev.
So‘g‘diyona: Mitrovich, Qulmatov, Shoyqulov, Orifov, Maxaradze, N.Hasanov, Norxonov, Talxatov, J.Hasanov, Milinkovich, Fayziyev.
Zaxira: Sh.Abdullayev, Sanjar Rashidov, Meliyev, Nurmatov, I.Abdullayev, Boltaboyev, Sahob Rashidov, M.Hasanov, Jo‘rabekov.
Mavzuga oid
15:12 / 28.03.2026
O‘zbekistonda futbolchilar daromad solig‘idan ozod etildi
18:46 / 25.03.2026
Superliga klublariga markazlashgan tarzda 35 milliard so‘mdan ajratilishi kutilmoqda
11:41 / 21.03.2026
Superliga. «Neftchi» yo‘qotishsiz bormoqda, «Buxoro» peshqadamni quvyapti
13:12 / 16.03.2026