Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Adolat» SDP: bizga aqlli tibbiyot kerak
O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi tomonidan sog‘liqni saqlash tizimidagi mavjud muammo va kamchiliklar, aholi duch kelayotgan to‘siqlarni o‘rganish maqsadida hududlar kesimida mitinglar tashkil qilish belgilangan.
Ana shunday tadbirlardan biri joriy yilning 30 sentabr kuni O‘zbekiston “Adolat” SDP Toshkent viloyati Kengashi tomonidan Bekobod shahar “Metallurglar” madaniyat saroyi oldidagi maydonda “Bizga to‘liq aqlli tibbiyot kerak” mavzusida o‘tkazildi.
Yangicha uslubda o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida madaniy-ko‘ngilochar aksiyalar uyushtirildi. Ushbu tadbirni o‘tkazishdan avval OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali aholi xabardor etilgani ishtirokchilar sonini keskin oshirib yubordi. Shu bois tadbirda yosh-u keksalar hamda boshqa viloyatlardagi partiya a'zolari ham ishtirok etdi.

Tadbir avvalida yangragan karnay-surnay navolari, ko‘rgazmali qo‘l jangi namoyishlari, partiya tomonidan tashkil etilgan aksiyalar madaniyat saroyi maydoniga kelgan minglab turli yosh va millatga mansub vatandoshlarimizda o‘zgacha taassurot qoldirdi. Ishtirokchilar partiyaning targ‘ibot materiallari, shiorlariga katta qiziqish bildirdi. Yurtdoshlarimiz partiya vakillari bilan muloqotda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.



Ayniqsa, taniqli san'atkorlar “Adolat” SDP g‘oya va maqsadlarini aholi ongiga singdirish maqsadida aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni turli yot g‘oyalar, giyohvandlik, ichkilikbozlik kabi illatlardan asrash, yoshlarda ijtimoiy-siyosiy islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirish ruhidagi chiqishlari yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.


Saylovchilar bilan o‘ziga xos, yangicha muloqot o‘tkazishga bag‘ishlangan tadbirda yig‘ilganlarga O‘zbekiston “Adolat SDP Siyosiy Kengashi raisi Narimon Umarov partiyaning amaliy ishlari, erishayotgan natijalari haqida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, Narimon Umarov hozirda mamlakatimiz katta siyosiy jarayon – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi arafasida turganini, bu jarayonga “Adolat” partiyasi ham jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotganini ta'kidlab, partiyaning yangi Saylovoldi dasturida belgilanayotgan ustuvor maqsadlarini ta'sirchan uslubda, hayotiy misollar vositasida tushuntirib berdi.
Muhokamalar davomida ishtirokchilar tomonidan dasturda sog‘liqni saqlash masalalariga yanada kengroq joy ajratish taklif etildi. Bunda ayniqsa, aholining tibbiy madaniyatini oshirish, sog‘liqni saqlash tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, “Aqlli tibbiyot” tizimini shakllantirish masalalariga alohida e'tibor qaratish lozim.

Tadbirda so‘zga chiqqan partiya faollari barchani mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning nafaqat ishtirokchisi, balki faol tashabbuskori, ijtimoiy-siyosiy islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirish davr talabi ekani haqida fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Rasmiyatchilik, zerikarli ma'ruzalardan xoli bo‘lgan jonli muloqot tarzidagi interaktiv o‘yinlar, sovrinli viktorinalar, mushakbozlik tomoshalari bilan o‘tkazilgan mazkur tadbir barchaga manzur bo‘ldi. G‘oliblar partiyaning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


Mitingda “Aqlli tibbiyot – barcha uchun” shiorini hayotga to‘liq tatbiq etish g‘oyasi ilgari surildi. Sog‘liqni saqlash tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish pulli xizmatlar chegarasini aniq belgilash, tibbiyot xodimlari o‘rtasida korrupsion xarakatlarni batamom yo‘qotish lozimligi yig‘ilganlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Partiyaning viloyat Kengashi bu kabi yangicha targ‘ibot tadbirlarini barcha tuman va shaharlarda o‘tkazib boradi.
«Adolat» sotsial-demokratik partiyasi matbuot xizmati
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
10:42 / 22.10.2025
«Adolat» partiyasi qoidabuzar haydovchilar uchun qat’iy jazo choralarini taklif qildi
13:02 / 24.04.2025
Avtomobillarning noqonuniy ijarasi bilan bog‘liq holat bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
16:40 / 23.11.2024
Propan narxi keskin oshib ketgani yuzasidan mas’ul idoralarga deputatlik so‘rovi yuborildi
17:38 / 25.10.2024