Jahon | 20:01 / 03.10.2019
13998
1 daqiqa o‘qiladi

BAAlik ilk fazogir Yerga qaytdi 

“Soyuz MS-12” kemasining boshqariluvchi qurilmasi Xalqaro koinot stansiyasi ekipajining 3 a'zosi bilan Qozog‘istonning Jyezqazg‘an shahridan 147 km uzoqlikda qo‘ndi.

Qurilma bortida rossiyalik Aleksey Ovchinin, amerikalik Nik Xeyg va BAAlik ilk fazogir Hazza al-Mansuriy bo‘lgan.

Ovchinin va Xeyg koinotda 203 kun bo‘lishdi, al-Mansuriyning koinotga sayohati esa 8 kungina davom etdi. “Soyuz MS-12” kemasi XKS tarkibida 15 martdan beri bo‘lgan.

Hozirda koinot stansiyasida italiyalik astronavt Luki Parmitano boshchiligidagi ekipaj a'zolari – rossiyalik Aleksandr Skvorsov va Oleg Skripochka, NASA astronavtlari Endryu Morgan, Kristina Kuk va Jyessiki Meir qolmoqda.

Ilk arab fazogiri Hazza al-Mansuriy 25 sentyabrda “Soyuz MS-15” kemasida Oleg Skripochka va Jyessika Meir bilan birga koinotga parvoz qilgandi.

Mavzuga oid