Tez yordam shifokoriga hujum qilgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida tez tibbiy yordam shifokoriga tan jarohati yetkazgan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
«Shifokor Jahongir Hojiyev feldsher bilan birgalikda 29 sentabr kuni chaqiriq bo‘yicha o‘zini yomon his qilgan Dildora M. huzuriga boradi. Qizga ukol qilib, shifoxonaga olib borishadi.
Qizning 29 yoshli akasi Mirhayot M. ham mast holatda shifoxonaga borib, avvaliga shifokorlarni haqoratlaydi, so‘ngra 27 yoshli Jahongirni uradi.
Mirhayot M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi», deyiladi IIBB xabarida.
Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi 6-podstansiyaning tez tibbiy yordam shifokori Jahongir Hojiyevning o‘ziga nisbatan bemor yaqinlari tomonidan tajovuz qilingani haqidagi murojaati e'lon qilingan edi. Unda shifokor bemorning qarindoshlari tomonidan haqoratlanib, unga jarohat yetkazilgani haqida aytilgandi.
Ko‘p o‘tmay Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov 7-klinik shifoxonada davolanayotgan Jahongir Hojiyev holidan xabar oldi, uning sog‘lig‘i bilan qiziqdi. Shuningdek, shifokorlarga tajovuz qilish kabi illatning oldini olishning eng samarali yo‘llaridan biri sifatida tibbiyot xodimiga nisbatan sodir etilayotgan har bir noqonuniy xatti-harakatlar uchun qat'iy javobgarlikni kuchaytirish barobarida uni nazoratga olish kerakligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga murojaat qildi.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Istanbul yaqinida zilzila sodir bo‘ldi
Jahon | 15:48
-
O‘zbekiston prezidenti Rossiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi
O‘zbekiston | 14:50
-
Urushni muzlatmoqchi bo‘layotgan Putin va Trampga qarshi chiqqan AQSh universitetlari - kun dayjesti
Jahon | 14:20
-
Trampning tinchlik rejasi bo‘yicha Ukraina va Rossiyaga nima taklif qilingani ma’lum bo‘ldi
Jahon | 13:52
Mavzuga oid

19:47 / 30.07.2024
Toshkentda ikki nafar shifokorni ayovsiz kaltaklagan bemor va uning o‘rtoqlari qamoqqa olindi

10:39 / 28.07.2024
Toshkentda ikki shifokor mushtumzo‘r bemor va uning o‘rtoqlari tomonidan kaltaklandi

19:23 / 13.12.2023
Qashqadaryoda tez yordam haydovchisi kaltaklandi

17:18 / 12.12.2023