O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida xalqaro savdo markazi tashkil etiladi

Foto: Kazinform
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida “Markaziy Osiyo” xalqaro iqtisodiy hamkorlik savdo markazi tashkil etiladi. Bu haqda Qozog‘iston savdo va integratsiya vaziri o‘rinbosari Qayrat To‘raboyev ma'lum qildi.
Vazirlikda ta'kidlanishicha, Qozog‘istonning Markaziy Osiyodagi bosh strategik hamkori O‘zbekiston hisoblanadi. To‘raboyevning aytishicha, O‘zbekistonga 70 ta pozitsiya bo‘yicha tovarlarni yetkazish hajmini oshirish mumkin. Ularning umumiy qiymati 210 mln dollarni tashkil qiladi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston bilan hamkorlik doirasida “Markaziy Osiyo” savdo markazi loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. “Muzokaralar olib borilmoqda, ushbu markazni joylashtirish mumkin bo‘lgan 5 ta joyni tanlab oldik. Xalqaro markaz Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi chegarada kichik hajmli ulgurji va chakana savdoning yangi shaklini joriy qilishga, xalqaro turizm, logistik xizmatlarni rivojlantirishga va biznesning chegaraoldi kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan”, deb ma'lum qilgan Qozog‘iston vakili.
“Loyihani amalga oshirish bosqichida 10 mingta, keyinchalik ekspluatatsiya davomida 40 mingta ish o‘rni ochish rejalashtirilgan”, deb qo‘shimcha qilgan To‘raboyev.
Tavsiya etamiz
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ispaniyada yuzlab boshpanasizlar aeroportni «egallab oldi»
Jahon | 18:21
-
Rossiya qo‘shini urush boshidan beri bir hujumda rekord darajadagi dronlarni uchirdi
Jahon | 17:25
-
Vatikanda yangi Rim papasining inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi
Jahon | 17:22
-
Dunyoda qariyb 300 mln kishi ochlik yoqasida ekani ma’lum qilindi
Jahon | 17:19
Mavzuga oid

14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi

22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi

17:57 / 29.04.2025
Uch mamlakatning ahilligi timsoli - “Do‘stlik” stelasidan reportaj

21:05 / 27.03.2025