Reyting: odamlar qaysi davlat tashkilotlaridan norozi?
Bugun, 4 oktabr kuni, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi majlislar zalida vazirlik, qo‘mita, hokimliklar axborot xizmatlari rahbarlari ishtirokida anjuman tashkil etildi. Unda davlat tashkilotlari matbuot kotiblari virtual olamni yetarli kuzatib bormayotganlari, faoliyatlariga oid tanqidiy materiallarga tezkorlik bilan munosabat bildirmayotganlari tanqid qilindi. Tadbirda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi huzuridagi monitoring markazi tomonidan OAVda eng ko‘p tanqid qilingan tashkilotlar nomi e'lon qilindi. Axborot xizmatlarining ularga munosabati darajasi ham aytildi. Shuningdek, aholini aynan qaysi masalalar qiynayotganligi ko‘rsatib berildi. Reyting natijalari quyidagicha:
1-o‘rin: Xalq ta'limi vazirligi. OAVda e'lon qilingan eng ko‘p tanqidiy materiallar soni bo‘yicha yetakchi pog‘onada turibdi. Bu raqam 226 tani, ya'ni umumiy tanqidiy maqolalarning (2007 ta) 11 foizini tashkil qilyapti. Vazirlik tizimida qator muammolar bor. Bular darslik, o‘quv qurollarining yetishmasligi, maktablarning pullik qilinishi, ta'lim sifatining pastligi va boshqalar. E'lon qilingan 226 ta materialning atigi 41tasiga (18 foiz) vazirlik tomonidan rasmiy izoh berilgan.
2-o‘rin. Sog‘liqni saqlash vazirligi. 176 ta tanqidiy material berilgan bo‘lib, 40 tasiga (23 foiz) munosabat bildirilgan. Asosiy muammolar: tibbiy xizmatning pastligi, sanitariya qoidalari buzilishi, ona-bola sog‘lig‘iga mas'uliyatsizlik bilan yondashish.
3-o‘rin. Ichki ishlar vazirligi. 131 ta tanqidiy material (6,5 foiz). Ularda inson huquqlari buzilishi, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining o‘zboshimchaligi, korrupsiya va fuqarolar murojaatlarini rad etish muammolari ko‘tarilgan. Vazirlik atigi 13 ta materialga javob bergan.
Ro‘yxatning keyingi ikki o‘rnida Energetika vazirligi va Bosh prokuratura turibdi. Umumiy qilib aytganda, fuqarolar ta'lim, sog‘liqni saqlash, energetika, bank tizimi, atrof-muhit va ekologiya, uy-joy va kommunal soha, huquq-tartibot organlari faoliyati, amaldorlarning harakatsizligi masalalari bo‘yicha noroziliklarini bildirishgan.
Mavzuga oid
17:38 / 23.12.2024
O‘zbekiston jinoiy daromadlarni legallashtirish reytingida 81-o‘rinni egalladi
15:21 / 19.12.2024
Xitoyda o‘g‘lining uy vazifalariga yordamlashayotgan ota infarktga chalindi
08:15 / 14.12.2024
Toshkent 200-o‘rinda: xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
16:56 / 13.12.2024