Jahon | 20:07 / 05.10.2019
10826
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy politsiyasi dunyodagi eng katta aeroportda sayyohlarga xalaqit berayotgan blogerlarga murojaat bilan chiqdi

Politsiya blogerlarni yangi qurib bitkazilgan Dasin xalqaro aeroportida suratga olishlar bilan sayyohlarga xalaqit bermaslikka chaqirmoqda. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar berdi.

Xabar qilinishicha, aeroport ochilganidan beri kuniga o‘rtacha 15 ming kishi tashrif buyurgan, ammo XXR tashkil etilganligi bayrami munosabati bilan dam olish kunlari vaziyat murakkablashgan.

Seshanba kuni aeroportdan 5667 kishi uchib ketgan, ammo o‘sha kuni yangi aeroportga 85 ming kishi tashrif buyurgan. Politsiyaning ta'kidlashicha, aeroportga ko‘pchilik ijtimoiy tarmoqlarga joylash uchun suratga yoki videoga olish maqsadida kelgan. Shu bilan birga, qiziquvchilar mashinalar turargohlarini egallab olishgan va aeroport ishlashiga xalal beruvchi turli to‘siqlarni paydo qilishgan.

Dunyodagi eng katta aeroport bo‘lgan mazkur havo gavani Pekinning janubiy Dasin rayoni va Lanfan shahri chegarasida joylashgan. 2021 yilga kelib aeroport yiliga 45 million, 2025 yilga kelib esa 72 million kishiga xizmat qilishi kutilmoqda.

Terminal loyihasi Zaha Hadidning arxitektura byurosi tomonidan yaratilgan.

Mavzuga oid