Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahondagi turistlar eng gavjum joylar reytingi e'lon qilindi
Ekspertlar turistlar eng gavjum bo‘ladigan joylar reytingini tuzishdi. Dastlabki beshlikdan Osiyodagi ikki kurort va Yevropaning uchta shahri joy oldi.
Ro‘yxat yetakchisi — Tailanddagi Pxuket oroli. Bu yerga yiliga 9,29 million turist tashrif buyuradi. Ya'ni bir kvadrat milyaga (2,59 kv km) 5090 nafar turist to‘g‘ri keladi.
Ikkinchi o‘rinda Ispaniyadagi Palma-de-Malorka joylashdi (bir kvadrat milyaga 2 918 turist), uchinchi o‘rinda Pattayya (2 762 turist), to‘rtinchi o‘rinda Parij (1 174 turist) va beshinchi o‘rinda Barselona (605 turist).
Turkiyadagi ommabop Antalya kurori bir kvadrat milyaga 47 turist bilan 16-o‘rindan joy oldi. Undan keyingi o‘rinlarda Tokio (39), Dubay (27), Istanbul (14), Bali (10) joylashgan bo‘lsa, undan yuqori o‘rinlarda Makka (50), Hongkong (58), London (89) va Bangkok (91) turibdi.
Mavzuga oid
10:39
Top-10: O‘zbekistonga eng ko‘p turist kelayotgan davlatlar ma’lum qilindi
12:01 / 27.10.2025
O‘zbekistonga keluvchi turistlar orasida Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston peshqadam
13:46 / 30.09.2025
O‘zbekistonga 8 oyda 7,5 mln nafar xorijliklar turistik maqsadda keldi
12:23 / 28.08.2025