Sport | 22:34 / 07.10.2019
81367
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik MMA jangchisi ACA 100 musobaqasidan so‘ng vafot etdi

O‘zbekistonlik jangchi, Aralash jang san'ati (MMA) ustasi Bekzod Nurmatov navbatdagi jangidan ikki kun o‘tib, 27 yoshida vafot etdi.

4 oktabr kuni sportchi Grozniy shahrida o‘tkazilgan Absolute Championship Akhmat 100 turnirida ishtirok etib, chechenistonlik Beslan Isayevga yutqazgan edi. Jangdan keyin esa u insultga uchragan va shifoxonada joni uzilgan.

Nurmatov faoliyatini 2016 yilda boshlagan edi. U MMA doirasida 13ta jang o‘tkazib, 11 marta g‘alaba qozongan (7 KO) va 2 bor mag‘lub bo‘lgan.

Bekzod Nurmatov Qurolli kuchlar kursanti sifatida faoliyat yuritgan. U MMAdan tashqari qo‘l jangi sport turi bilan shug‘ullangan va jahon kubogida g‘alaba qozongandi.

 

Mavzuga oid