Light | 21:57 / 07.10.2019
32024
2 daqiqa o‘qiladi

Uzumning foydali xususiyatlari ma'lum qilindi 

Shifokorlar uzumning foydali xususiyatlarini ma'lum qilishdi. 

Uzum danaklarida A, Ye va K vitaminlari, tabiiy moylar saqlanadi. Bu moddalarning barchasi hujayralarning mustahkamlanishi va yoshartiruvchi effektga olib keladi. Shu sababli uzumni danaklari bilan yegan ma'qulroq, shunda u ko‘p foyda keltiradi.

Bundan tashqari, uzumda o‘simlik estrogenlari guruhiga kiruvchi modda – resveratol bor. U qondagi xolesterin va tomirdagi yallig‘lanish jarayonlari darajasini pasaytiradi. Uzumda muhim fenol birikmalar: qahva kislotasi, kversetin va miretsetin mavjud. Ba'zi tadqiqotlarga ko‘ra, bu moddalar organizmni saraton rivojlanishidan himoyalaydi.

Uzum, shuningdek, barcha tana a'zolariga yaxshi ta'sir qiladi. Undagi biriktiruvchi to‘qima ovqat hazm qilishda yordam beradi, minerallar esa asab tizimiga ijobiy ta'sirga ega. Shifokorlar uzumdan kuniga 150-250 gramm iste'mol qilishni tavsiya qilishadi. Shifokorlarning ta'kidlashicha, uzumning qoraroq turlarini iste'mol qilgan ma'qulroq, chunki ularda ko‘proq antioksidantlar saqlanadi.

Mavzuga oid