Sport | 22:43 / 09.10.2019
16391
2 daqiqa o‘qiladi

Odil Ahmedov: «Sizlar jahon chempionatiga chiqishni qanchalik istasangiz, men sizlardan 100 barobar ortiq xohlayman»

O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Odil Ahmedov JCh-2022 saralashi doirasidan o‘rin olgan Yamanga qarshi o‘yindan oldingi matbuot anjumanida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Bundan buyog‘iga ochko yo‘qotishga haqqimiz yo‘q. Faqat g‘alaba haqida o‘ylayapmiz. 

Sizlar jahon chempionatiga chiqishni qanchalik xohlasangiz, men sizlardan 100 barobar ortiq xohlayman. Chunki klublarda sovrinlar yutganman, ammo milliy jamoada erishgan sovrinlarim yo‘q. Umid qilamanki, faoliyatim yakuniga qadar milliy jamoa bilan Jahon chempionatiga chiqaman va sovrinlar yutaman.

Milliy jamoada muhit har doim yaxshi bo‘lgan. Jamoaga qaysi murabbiy kelishidan qat'i nazar futbolchilar muhitni buzishga harakat qilmagan. Har bir murabbiyning taktikasida ijobiy va salbiy tomonlar bo‘ladi. Kuperning taktikasida urg‘u ko‘proq himoyaga qaratilgan edi. Bunday futbol bizga to‘g‘ri kelmaganligi sababli ayrim jamoalar bilan o‘yinda qiynaldik. Balki, iste'foga sabab ham shu bo‘lgandir. Shunisi aniqki, milliy jamoadagi muhit har doim yaxshi bo‘lgan.

Yaxshi futbol o‘ynash uchun yaxshi maydon kerak. O‘ylashimcha, «Paxtakor» maydoni ertangi o‘yin uchun tayyor», – deb Ahmedovning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Mavzuga oid