Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tinchlik uchun Nobel mukofotiga asosiy da'vogar ma'lum qilindi
Internetda tinchlik uchun Nobel mukofotiga ehtimoliy da'vogarlar ro‘yxati paydo bo‘ldi.
USA Today nashrining yozishicha, Nicer Odds bukmekerlik resursi mukofot uchun asosiy da'vogar sifatida BMTda nutq so‘zlagan 16 yoshli ekofaol Greta Tunbergni e'tirof etmoqda. Sentyabrda unga “To‘g‘ri turmush tarzi uchun” mukofoti topshirilgandi. Ushbu mukofot tinchlik uchun Nobel mukofoti “muqobili” deb ham ataladi.

Da'vogarlar orasida AQSh prezidenti Donald Tramp, Germaniya kansleri Angela Merkel, Efiopiya va Yangi Zelandiya bosh vazirlari Abiya Ahmad va Jasinda Ardenning mukofotni olishga imkoniyatlari past baholanmoqda.
Ta'kidlash joiz, qoidaga ko‘ra Nobel qo‘mitalari hech qachon nomzodlar nomlarini e'lon qilmaydi.
Shvetsiyalik Greta Tunberg BMTning iqlim bo‘yicha sammitidagi nutqida siyosatchilarni “quruq va'dalar” berishda hamda ekologik falokatning oldini olishga harakat qilmaslikda ayblagandi.
Mavzuga oid
10:53 / 24.12.2025
Greta Tunberg Londonda Falastinga bag‘ishlangan aksiyada qo‘lga olindi
17:04 / 07.10.2025
«Aniq aytaman: bu genotsid» - yordam flotiliyasi faollari Isroilning noinsoniy munosabatlari haqida gapirib berdi
21:01 / 06.10.2025
Isroil G‘azoga yetib borishga uringan Greta Tunberg va boshqa faollarni chiqarib yubordi
14:05 / 05.10.2025