Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Moldova prezidenti bilan uchrashdi
MDH davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Turkmanistonga borgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida Moldova Respublikasi Prezidenti Igor Dodon bilan uchrashdi.
Uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasida uzoq muddatli ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va amaliy hamkorlikni rivojlantirish muhimligi qayd etildi.
O‘zaro almashinuvlarni faollashtirish hamda turli tarmoqlar uchun istiqbolli loyihalarni birgalikda ishlab chiqishga kelishib olindi.
Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.

Mavzuga oid
08:52 / 25.06.2026
Ruminiyada Moldova bilan birlashish bo‘yicha qonun loyihasi yangi bosqichga o‘tdi
09:45 / 16.06.2026
Ukraina va Moldova YeI a’zoligi sari yana bir qadam tashladi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
08:53 / 23.03.2026