Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Epsilon va CPTDC kompaniyalari Davlat geologiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda yoqilg‘i slanetslarini o‘zlashtirish loyihasi ustida ish olib bormoqda

Foto: Epsilon
Epsilon kompaniyasi Matbuot xizmatining bergan xabariga ko‘ra, 21.05.2019 y. imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi binosida ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Davlat geologiya qo‘mitasi raisi B.Islamov, shuningdek, Epsilon hamda XXRning CPTDC (CNPC) kompaniyalari vakillari ishtirok etgan mazkur uchrashuvda Navoiy viloyatining Sangruntau konidan yoqilg‘i slanetslarini qayta ishlaydigan majmua qurilishi loyihasini amalga oshirish masalasi muhokama qilindi. Memorandumning birinchi bosqichi bajarilganligi haqidagi yozma xabarnomadan so‘ng, tomonlar uning ikkinchi bosqichini amalga oshirishga kirishdilar. Uchrashuvda qatnashganlar loyihaning batafsil yo‘l xaritasini ishlab chiqish hamda uni joriy etish bo‘yicha uch tomonlama ishchi guruhini tashkil etish haqida kelishib oldilar.
O‘zbekistonda yoqilg‘i slanetslarini qazib chiqarish va chuqur qayta ishlashni nazarda tutgan mazkur noyob loyiha yiliga 1 mln. tonna neft mahsulotlarini, jumladan benzin, aviakerosin, dizel yoqilg‘isi va asosiy moylarni ishlab chiqarish imkonini beradi. Kelgusida esa ushbu loyiha asosida nodir metallar va yoqilg‘i slanetslari kulidan sement ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘ladi.
Epsilon kompaniyasi Matbuot xizmati
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi
Fan-texnika | 23:45 / 24.07.2025
-
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi
Jahon | 22:53 / 24.07.2025
-
Toshkentda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi
Sport | 22:49 / 24.07.2025
-
«Oq oltin» balosi: O‘zbekistonda paxta qulligi tarixi, oqibatlar va bugungi kun haqida
O‘zbekiston | 22:01 / 24.07.2025
Mavzuga oid

08:53 / 29.10.2022
EPSILON (EDC): Karakara-1 qudug‘idan olinayotgan kunlik gaz hajmi 120 ming kubmetrni tashkil etdi

09:49 / 25.10.2022
EPSILON (EDC): Qirqquloch-4 qudug‘idan 50 ming kubmetr kunlik hajmda gaz qazib chiqarila boshladi

10:43 / 23.10.2022
EPSILON (EDC): Nazarquduq-3 qudug‘idan 150 ming kubmetr kunlik hajmda gaz qazib chiqarilmoqda

08:37 / 20.10.2022