Sport | 19:03 / 11.10.2019
12838
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston U23 terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida Janubiy Koreyaga yutqazdi

O‘zbekiston U23 terma jamoasi Janubiy Koreyada mahalliy tengqurlariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi.

20-daqiqada Jasur Yaxshiboyev gol urib, hisobni ochdi. 37-daqiqada Kim Je U hisobdagi muvozanatni tikladi. 43-daqiqada Oybek Rustamov maydondan chetlatildi. O‘yin oxirida Lyubinko Drulovich shogirdlari 2ta to‘p o‘tkazib yuborib, 1:3 hisobida yutqazishdi.

Bu jamoalar o‘rtasidagi yana bir o‘rtoqlik bahsi 14 oktabr kuni o‘tkaziladi.

O‘rtoqlik o‘yini
11 oktabr, Seul
Janubiy Koreya – O‘zbekiston 1:3
Gollar
: Kim Je U (37), O Se Xun (70), Kim Jin Kyu (74) - Jasur Yaxshiboyev (20).
Bosh hakam: Shen Yin Hao (Xitoy)
Yordamchi hakamlar: Lav Ming Leong (Gonkong), So Kai Man (Gonkong).  
Zaxira hakami: Hyung Jin Ko (Janubiy Koreya).  
O‘zbekiston: Abduvohid Ne'matov, Islom Qobilov, Xusniddin Aliqulov, Dilshod Saitov, Sherzod Nasrullayev, Abror Ismoilov, Oybek Rustamov, Bobir Abdixoliqov, Jasur Yaxshiboyev, Nurillo To‘xtasinov, Mirjahon Mirahmadov. 
Zaxira: Nizomiddin Ziyovutdinov, Mashxur Muhammadjonov, Ibrohim Yo‘ldoshev, Ilhom Alijonov, Shaxboz Jo‘rabekov, Abdulla Abdullayev, Oybek Bozorov, Islom Rashidxonov, Doston Ibragimov, Asad Sobirjonov, Azizbek Amonov.
Chetlatish: Oybek Rustamov (43)

Mavzuga oid