Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
8 soatdan ko‘proq qismi jonli efirga berilgan Senat yalpi majlisi yakunlandi (fotoreportaj)
O‘zbekistonliklarda parlament majlislari haqida dastlabki tasavvurlar paydo bo‘lmoqda.
Oliy Majlis Senatining Toshkentda ikki kun davom etgan 23-yalpi majlisi O‘zbekiston parlamenti tarixida yangi sahifa ochdi – majlisning 8 soatdan ortiqroq qismi Senatning YouTube va Facebook`dagi kanallarida onlayn rejimida translatsiya qilib borildi.
Shanba kungi yig‘ilish Namangan va Xonobod shaharlari hududini kengaytirish, Bo‘z tumani nomini Bo‘ston deb o‘zgartirish masalalari muhokamasi bilan boshlandi.
So‘ng Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining, vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining mamlakatda daraxt va butalarni kesishda qonun hujjatlariga rioya etilishi holati to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.
Yalpi majlis davomida Namangan viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisoboti ham tinglandi.
Senatorlar ikkita masala yuzasidan hukumatga parlament so‘rovi yuborishga qaror qilishdi. Vazirlar Mahkamasiga ota-onalar qarovisiz qolgan va mehribonlik uyida tarbiyalangan yoshlarning jamiyatga ijtimoiy moslashuvidagi dolzarb masalalar hamda tabiiy gaz quvurlari tizimi holati va ushbu sohaga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi bo‘yicha parlament so‘rovlari jo‘natiladigan bo‘ldi.
Shuningdek, Senatning avvalgi yalpi majlislarida hukumatga yuborilgan ikkita parlament so‘rovlari natijalari ham ko‘rib chiqildi. Bular – Ichki ishlar vazirligining akademik litseylarida qonun hujjatlari ijrosi va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda aholining sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligini ta'minlash masalalari bo‘ldi.
Yuqori palata yig‘ilishi davomida O‘zbekiston sudyalarining maxsus kiyimi tavsifi va namunasi tasdiqlandi, Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi.
Eslatib o‘tamiz, majlisning birinchi kunida 19ta qonun ma'qullangan edi.
Kun.uz fotomuxbiri Muhammadjon G‘aniyev O‘zbekiston qonun chiqaruvchi hokimiyatining eng oliy organida o‘tgan yalpi yig‘ilishning ikkinchi kunidan fotolavhalarni taqdim etadi.





Mavzuga oid
19:30 / 27.02.2026
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi
21:55 / 14.02.2026
“Gender tenglik faoli” milliy tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
17:19 / 05.02.2026
Hokimlikka nomzodlar korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha shaxsiy rejasini taqdim etadi
16:42 / 05.02.2026