AOKA rahbariyati BAAda qirollik oilasi a'zosi bilan uchrashdi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbarlari Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva ayni paytda Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib turibdi.
Delegatsiya bugun, 14 oktabr kuni BAA bosh vaziri o‘rinbosari, Ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoyd Ol Nahayon bilan uchrashgan. Bu haqda agentlik direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ma'lum qildi.
«Suhbat chog‘ida Shayx Sayf Ol Nahayon Amirliklar O‘zbekiston xalqi va hukumatiga nisbatan chuqur hurmatda ekani hamda barcha sohalarda mamlakatimiz bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga tayyorligini bildirdi», – deya qayd etdi Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.
Ma'lumot uchun, Shayx Sayf bin Zoyd Ol Nahayon – BAAning ilk prezidentining o‘g‘li. U 2004 yildan buyon ichki ishlar vaziri lavozimida ishlab keladi.
AOKA rahbariyati vakillari dushanba kuni, shuningdek, BAA Vazirlar Mahkamasi ishlari bo‘yicha va kelajak vazirligi huzuridagi Mahkama Bosh kotibiyati vakillari bilan ham uchrashgan.
«Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibi Abdulla ben Touk axborot sohasidagi tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Xususan, mamlakatning xalqaro imijini yaxshilash bo‘yicha BAAda yo‘lga qo‘yilgan ishlar, amalga oshirilayotgan loyihalar bizda iliq taassurot qoldirdi», – deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
«O‘ylaymanki, xalqaro media maydonida o‘z nufuziga ega Amirliklar tajribasi mutaxassislarimiz uchun foydali bo‘ladi», – deb qo‘shimcha qilgan u.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Rossiya kemalarini AQSh portlarida qabul qilishga taqiqni uzaytirdi
Jahon | 12:22
-
«Arsenal» «Real»ni haqli ravishda chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi qayerda?
Sport | 12:20
-
Toshkentda 1 va 2 xonali uylar ijara narxi arzonlashdi
O‘zbekiston | 12:17
-
138 nafar Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan yana bir reys Germaniyaga yetib keldi
Jahon | 11:41
Mavzuga oid

21:48 / 15.04.2025
«Kurash hech qachon tugamaydi». Saida Mirziyoyeva oiladagi zo‘ravonlikka qarshi qonunga kiritilgan o‘zgartirishni olqishladi

16:21 / 12.04.2025
Saida Mirziyoyeva bolalar uchun kontent yaratishni yangi bosqichga olib chiqish zarurligini ta’kidladi

11:11 / 11.04.2025
Saida Mirziyoyeva «Donocha» kabi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi

18:50 / 07.04.2025