Bugun, 15 oktabr kuni, Toşkentda qolipli non (buxanka)ning narxi oşdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Ma'lumotlarga köra, bir buxanka non dökon va bozorlarda 1350-1500 sömdan sotilmoqda.

Kun.uz. muxbirlari Toşkent şahrining turli tumanlarida joylaşgan 10ta dökonga borişdi. Ularning 5tasida buxanka non 1500 sömdan, 4ta dökonda 1400 sömdan va bittasida 1350 sömdan sotilmoqda.

«Keça ham nonni 1100 sömdan sotgandik, bugundan boşlab yangi narxi 1500 sömga teng. Nonni sotişdan katta daromad olmaymiz, har bir buxankadan atigi 100 söm. Rostini aytganda, narxni oşirmaslik kerak edi. Mijozlar oldida noqulay, ammo boşqa ilojimiz ham yöq. Bu narx siyosati», - dedi sotuvçilardan biri.

Faqat bitta dökonda bir buxanka non 1350 sömdan sotilmoqda. Dökon egasi unga şunday körsatma berilganligini aytdi.

«Ertalab non olib kelişdi. Narxi yangiça. Biz nonni 1400 sömdan sota boşladik, ammo keyin ikki nafar «kostyumli» kelib, narxni 50 sömga tuşirişni buyurişdi. Biz şunday qildik», - dedi u.

Darhaqiqat, peştaxtada non 1350 sömdan sotilayotgani yozilgan. Şu bilan birga, sotuvçi «kostyumli şaxslar» qaysi taşkilot vakili ekani haqida ma'lumot berişdan qat'iyan boş tortdi. Yuqoridagi hodisa Çilonzor tumanida qayd etildi.

Eslatib ötamiz, 14 oktabr kuni Vazirlar Mahkamasining «Don, un va non yetkazib beriş tizimiga bozor mexanizmlarini töliq joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi. Hujjatda qayd etilişiça, I nav unning ulgurji va çakana narxlarini ma'muriy tartibda belgilaş narxlarni şakllantirişning tölaqonli bozor mexanizmlarini joriy qiliş imkonini bermayapti va un işlab çiqaruvçi taşkilotlar işlab çiqarilgan va sotilgan har bir tonna undan salkam 900 ming söm zarar körmoqda.

Hujjat bilan hukumat don va un narxlarini erkinlaştirişga qaror qildi. Bu, öz navbatida, buxanka non narxining 1500 sömga oşişiga olib keldi. Oxirgi marta non narxi 2018 yil sentabr oyida oşirilgandi. Bungaça buxanka non köp yillar davomida 600-650 sömdan sotilgan.

Yangi qarori bilan şunday tartib örnatildiki, unga köra 2019 yil 15 oktyabrdan:

“Özdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi taşkilotlar tomonidan 2019 yil hosilidan tayyorlangan va un işlab çiqarişga yönaltiriladigan buğdoydan boşqa ğalla iste'molçilarining barça toifalariga faqat birja savdolari orqali heç qanday çeklovlarsiz sotiladi. Bunda, ğallaning boşlanğiç narxi sotuvçi tomonidan amaldagi xarid narxi, tayyorlaş, taşiş, saqlaş va boşqa xarajatlardan kelib çiqqan holda şakllantiriladi;