Toşkent şahrida yöl böyi pulli avtoturargohlari taşkil etiladigan yer uçastkalarini ijaraga beriş böyiça auksion ötkazildi.

E-auksion platformasida joylaştirilgan ma’lumotga köra, iştirokçilar tomonidan 22 ta taklif bildirilgan. 2 soatdan oşiq davom etgan savdoda Balcomuz kompaniyasining lot uçun 120,15 mlrd sömlik taklifi ğolib deb topilgan. Bu – 57,2 mlrd söm bölgan boşlanğiç narxdan qariyb 2 barobar yuqori.

Korxona va taşkilotlarning yagona davlat reyestriga köra, xaridor “Balcomuz” MÇJ 2020 yil 28 yanvarda Toşkentda röyxatga olingan. Joriy ustav fondi – 4,07 mlrd söm. Faoliyat yönalişi – restoranlar va oziq-ovqat mahsulotlari yetkaziş böyiça xizmatlar.

Kompaniyaning 60 foiz uluşi Balcom Co Ltd (Yaponiya) kompaniyasiga, 20 foizi Nuriddinov Avazbek Şokirjon öğliga, 10 foizi Akramov Bobur Axatoviçga, yana 10 foizi Hoşimov Anvar Olim öğliga tegişli. Rahbari sifatida Nuriddinov Avazbek Şokirjon öğli körsatilgan.

Kompaniya saytidagi ma’lumotlarga köra, Balcomuz Özbekistonda 2019 yildan beri bir qator loyihalarni amalga oşirgan. Central Park istirohat boği, “More” suv majmuasi, The Bani hammom majmuasi, Oxygen Development köp qavatli turar joy va savdo binosi, Balcomsoft IT-xizmatlari va Flamingo restorani şular jumlasin.

Ma’lumot uçun, bitta lot doirasida Toşkent şahridagi ijaraga beriladigan maydonlarning umumiy hajmi 262,8 ming kvadrat metrni taşkil etadi. Bunga quyidagi köçalarning qismlari kiradi:

  • poytaxtning markaziy qismida (jumladan, Amir Temur xiyoboni, Movarounnahr, Istiqlol, Yahyo Ğulomov, Özbekiston ovozi, Istiqbol, Sodiq Azimov, Taras Şevçenko, Şahrisabz, Yakkaçinor, Şastri, Mahatma Gandi, Hamid Olimjon, Çexov va boşqa köçalar);
  • Uçtepa va Çilonzor tumanlarida (Kiçik halqa avtomobil yöli, Farhod, Lutfiy, Çöponota, Muqimiy, Qatortol, Çilonzor, Arnasoy, Yesenin, Beşqayrağoç köçalari);
  • Sergeli va Yangihayot tumanlarida (Yangi Sergeli, Tursunzoda, Alaviya, Şokirariq, Islom Sattorov, Qipçoq, Qörğontepa, Birodarlik köçalari);