Vazirlar Mahkamasining “Don, un va non yetkazib beriş tizimiga bozor mexanizmlarini töliq joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 1 oktyabrdan boşlab un va qolipli non xarid qiliş böyiça qöşimça xarajatlarni qoplaş uçun tölanayotgan pul kompensatsiyasini quyidagi miqdorlarda belgilaş töğrisidagi takliflari ma'qullandi:

yoşga doir va nogironligi böyiça nafaqa, boquvçisini yöqotganlik pensiyasi va nafaqasi (har bir boqimandaga), bolalikdan nogiron bölgan 16 yoşdan katta şaxslarga nafaqa, 16 yoşgaça bölgan nogiron bolalar va 18 yoşga tölmagan OIV infeksiyasiga çalingan şaxslarga nafaqa, şuningdek, belgilangan eng kam yoşga doir pensiyaning miqdoridan kam pensiya oluvçi har bir pensiya oluvçiga beriladigan har oylik pul kompensatsiyasi - 50 ming söm;

fuqarolarning özini özi boşqariş organlari tomonidan ikki yoşgaça bölgan bolalar parvarişi uçun tayinlangan nafaqa yoki moddiy yordam oluvçi oilaga beriladigan har oylik pul kompensatsiyasi - 50 ming söm.

Belgilanişiça, 2019 yil 1 oktyabrdan boşlab 14 yoşgaça bölgan bolalari uçun tayinlangan nafaqani oluvçi oilalarga hamda belgilangan eng kam yoşga doir pensiya miqdorida pensiya oluvçilarga ham 50 ming söm miqdorida har oylik pul kompensatsiyasi joriy etiladi hamda ularning nafaqa va pensiyalari miqdori 50 ming sömga köpayadi.

Uşbu bandda nazarda tutilgan pul kompensatsiyasi pensiya va nafaqalar tölanişi uçun mas'ul bölgan organlar tomonidan hisoblanadi va qayd etilgan pensiya hamda nafaqalar bilan bir vaqtda tölanadi.

Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

2019 yilda budjetdan mablağ oluvçilarning un va qolipli non xarid qiliş bilan boğliq qöşimça xarajatlarini qoplaş, şuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qöllab-quvvatlaş böyiça çora-tadbirlarni moliyalaştiriş uçun Özbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablağ ajratadi;

bola ikki yoşga tölgunga qadar bola parvarişi böyiça nafaqa, 14 yoşgaça bolalari bölgan oilalarga nafaqa va moddiy yordam oluvçi oilalar hamda belgilangan yoşga doir pensiyaning eng kam miqdorida pensiya oluvçilariga har oylik pul kompensatsiyasi oktabr oyi uçun qayta hisob-kitob qilinib noyabr oyida tölanişini ta'minlaydi;

2020 yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarini şakllantirişda uşbu qarorning amalga oşirilişi bilan boğliq xarajatlarni qoplaşga mablağlar ajratilişini nazarda tutadi.

Quyidagilar uçun Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi, viloyatlar, Toşkent şahar, tumanlar va şaharlar hokimlarining şaxsan javobgarligi belgilandi:

Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tadbirkorlik sub'yektlarining, birinçi navbatda qolipli non işlab çiqaruvçi va unning çakana savdosi bilan, ayniqsa, respublikaning çekka hududlarida unning çakana savdosi bilan şuğullanuvçi tadbirkorlarning mahalliy unni sotiş böyiça ötkaziladigan birja savdolarida iştirok etişiga imkoniyat yaratiş va ularning uşbu savdolarga jalb etilişini ta'minlaş;

barça aholi punktlarida iste'molçilarga un va qolipli nonning uzluksiz yetkazib berilişini ta'minlaş;

aholining ehtiyojmand qatlamlarining un narxi erkinlaştirilişi bilan boğliq qöşimça xarajatlarini qoplaş uçun berilayotgan pul kompensatsiyalarini öz vaqtida tölanişini ta'minlaş.