Sport | 02:09 / 16.10.2019
11487
3 daqiqa o‘qiladi

Yevro-2020 saralashi. Ispaniya 92-daqiqada gol urib Yevropa chempionatiga chiqdi, Italiyada yirik g‘alaba 

Foto: Twitter/UEFAEURO

Yevro-2020 saralashi guruh bosqichining 8-tur o‘yinlari yakuniga yetdi.

D guruhida Shveytsariya o‘z maydonida Irlandiyani mag‘lub etdi va guruhdagi intrigani kuchaytirdi. Endilikda Daniya va Irlandiyada 12 ochkodan, Shveytsariyada 11 ochko mavjud.

F guruhida Ispaniya mehmonda Shvetsiya bilan o‘ynadi va hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda durangga erishdi. Shu tariqa ispanlar Yevropa chempionatiga chiqish masalasini hal qilishdi. Guruhning ikkinchi o‘yinida Ruminiya Norvegiyaga qarshi o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Shunday qilib, guruhda Ruminiya, Shvetsiya va Norvegiya 2-o‘rin uchun kurash olib borishadi.

J guruhida muddatidan avval Yevropa chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan Italiya guruh autsayderi Lixtenshteynni yirik hisobda mag‘lub etdi. Finlyandiya esa Pukkining dubli va Yyensenning goli evaziga Armanistonni mag‘lub etdi hamda o‘z tarixida ilk bor Yevropa chempionatida qatnashishga yaqin kelmoqda. Finlar navbatdagi turda Lixtenshteynni yutishsa kifoya.

Yevro-2020 saralashi, 8-tur
15 oktabr

D guruhi

Gibraltar – Gruziya 2:3
Gollar: Kasharo (66), Chipolina (74) – Xaraishvili (10), Kankava (21), Kvilitaya (84).

Shveytsariya – Irlandiya 2:0
Gol: Severovich (16), Fernandesh (90+3).

F guruhi

Shvetsiya – Ispaniya 1:1
Gollar: Berg (50) – Rodrigo (90+2).
Shvetsiya: Olsen, Grankvist, Bengsson, Lindelyof, Lyustig, Forsberg, Ekdal (Svensson, 83), Larsson, Olsson, Kuayson (Isak, 77), Berg (Andersson, 90+3).
Ispaniya: De Xea (Arrisabalaga, 60), Albiol, Martines, Bernat, Karvaxal (Navas, 81), Rodri Ernandes, Alkantara (Rodrigo, 66), Sebalos, Fabian Ruis, Oyarsabal, Jyerar Moreno.
Ogohlantirishlar: Sebalos (69), Ruis (80), Olsson (81), Berg (89), Rodri (89).

Ruminiya – Norvegiya 1:1
Gollar: Mitritse (62) – Syorlot (90+2).

Farer orollari – Malta 1:0
Gol: Baldvinsson (71).

J guruhi

Lixtenshteyn – Italiya 0:5
Gol: Bernardeski (2), Belotti (70, 90+2), Romanoli (77), El-Shaaravi (82).
Lixtenshteyn: Byuxel, Kaufmann, Geppel, Xofer, Rexshtayner, Byuxel, Xasler, Polverino (Noa Frik, 56), Salanovich, Gubzer (Yanik Frik, 63), Yildiz (Volfinger, 83).
Italiya: Sirigu, Di Lorenso, Biragi (Bonuchchi, 88), Romanoli, Manchini, Verratti, Dzanolo (El-Shaaravi, 63), Grifo, Kristante, Bernardeski (Tonali, 74), Belotti.
Ogohlantirishlar: Rekstayner (2), Tonali (84).

Gretsiya – Bosniya va Gersegovina 2:1
Gollar: Pavlidis (30), Kovachevich (88, avtogol) – Goyak (35).

Finlyandiya – Armaniston 3:0
Gollar: Yyensen (31), Pukki (61, 88).

G guruhi 

Isroil – Latviya 3:1
Gollar: Dabbur (16, 42), Zaxavi (26) – Kamesh (40).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid