Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Turkiya Trampning xatini esdan chiqarmaydi»: Erdo‘g‘an AQSh prezidenti xatiga izoh berdi
Foto: EPA/UPG
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQSh prezidenti Donald Trampning unga yo‘llagan xatiga izoh berdi va amerikalik hamkasbiga vaqti kelib javob qaytarishini aytdi.
Erdo‘g‘anning ta'kidlashicha, uning mamlakati Trampning Turkiyaning Suriyada harbiy amaliyot o‘tkazishi bilan bog‘liq “keskin” xatini “esdan chiqarmaydi”. Erdo‘g‘an bu haqda Istanbulda xorijiy jurnalistlar oldidagi chiqishida aytib o‘tdi.
Tramp 9 oktyabrdagi xatida Erdo‘g‘anni Suriyada harbiy amaliyot boshlamaslikka va “qattiqqo‘llik va ahmoqlik qilmaslikka” chaqirgan.
Erdo‘g‘an Turkiya “mavridi kelganda” ushbu xatga javoban “barcha zarur ishni amalga oshirishini” aytgan. Biroq u “qanday o‘ch olishi” tafsilotlariga berilmagan.
“Prezident Trampning siyosiy va diplomatik xushmuomalikdan xoli xati OAVda paydo bo‘ldi. Albatta, biz buni unutmadik. Biz buni esdan chiqarsak noto‘g‘ri bo‘ladi”, deb aytgan Turkiya yetakchisi.
Mavzuga oid
09:35 / 16.01.2026
Tramp G‘azo sektorida “Tinchlik kengashi” tuzilganini e’lon qildi
08:38 / 01.12.2025
Tramp urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv imkoniyatini “yaxshi” deb baholadi
10:40 / 25.11.2025
Livitt: Ukraina bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda, lekin prezidentlar bu hafta uchrashmaydi
08:53 / 07.11.2025