Jamshid Qo‘chqorov yilning eng yaxshi moliya vaziri deb e'tirof etildi
Buyuk Britaniyaning Global Markets nashri (“Euromoney Institutional Investor”ning qismi) Jamshid Qo‘chqorovni "Markaziy va Sharqiy Yevropa mintaqasidagi (shu jumladan MDHda) 2019 yilning eng yaxshi moliya vaziri" deb e'tirof etdi.
“Jamshid Qo‘chqorov keyingi vaqtdagi iqtisodiy liberallashtirish dasturining ishonchli yetakchisiga aylandi. Odatda sobiq sovet respublikalarida qolib ketgan taqiqlar sababli uzoq yillik to‘xtashlardan so‘ng islohotchi prezident Mirziyoyev valuta bozorini liberallashtirish, savdo cheklovlarini yengillashtirish va xalqaro obligatsiyalar bozoriga O‘zbekistonning ilk bor kirib borishini Qo‘chqorovga ishonib topshirdi”, -deyiladi nashr xabarida.
Taqdirlash va tantanali e'lon qilish marosimi XVJ va Jahon bankining Vashingtonda o‘tkaziladigan yillik yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
13:25 / 19.10.2024
Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” unvoni berildi
08:50 / 12.10.2024
«2025 yilda energotariflar islohotining asosiy bosqichi yakunlanadi» - bosh vazir o‘rinbosari
22:19 / 11.10.2024
O‘zbekiston 2027-2028 yillarda elektr va gaz ulgurji bozoriga o‘tishni yakunlaydi – Jamshid Qo‘chqorov
14:16 / 03.06.2024