Sport | 23:19 / 19.10.2019
8803
2 daqiqa o‘qiladi

RPL. «Rostov» «Zenit»ga 1:6 hisobida yutqazdi, Dzyubada het-trik

Rossiya chempionatida 13-turning markaziy o‘yini Peterburgda yakunlandi. O‘z maydonida «Rostov»ni qabul qilgan «Zenit» 6:1 hisobida g‘alaba qozondi. Artyom Dzyuba het-trik qayd etgan bo‘lsa, Karavayev, Barrios va Ozmun bittadan gol urishdi. Rostovliklarning javob goliga Roman Yeryomenko mualliflik qildi.

O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov bu o‘yinda 77 daqiqa harakat qildi.

Bu g‘alabadan so‘ng «Zenit» ochkolari sonini 29taga yetkazib ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. «Rostov» 26 ochkosi bilan to‘rtinchi o‘ringa tushib ketdi.

RPL. 13-tur

Zenit – Rostov 6:1

Gollar: 1:0 – 14, penalti Dzyuba, 2:0 – 20 Dzyuba, 3:0 – 44 Ozmun, 4:0 – 61 Karavayev, 5:0 – 80, penalti Dzyuba, 5:1 – 83, penalti Yeremenko, 6:1 – 90 Barrios.
Zenit: Kerjakov, Ivanovich, Duglas Santos, Rakitskiy, Karavayev, Shatov (Kuzyayev, 71), Barrios, Ozdoyev (Sutormin, 77), Dzyuba, Ozmun, Driussi (Yeroxin, 85).
Rostov: Baburin, Chistyakov, Chernov, Xadjikadunich, Kozlov, Normann, Popov (Zaynutdinov, 62), Ionov (Saplinov, 64), Bayramyan, Yeremenko, Shomurodov (Sigurdarson, 77).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid