Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning maslahatchisi Poroshenko va uning atrofidagilarni 1,5 mlrd dollarni o‘g‘irlashda aybladi
Sem Kislinning aytishicha, bu pullar Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovichning atrofidagi shaxslardan musodara qilingan
Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko va uning atrofidagilar Viktor Yanukovichning atrofidagilardan olib qo‘yilgan 1,5 mlrd dollarni o‘zaro bo‘lishib olgan. Bu haqda kelib chiqishi ukrainalik bo‘lgan amerikalik milliarder va AQSh prezidenti Donald Trampning shtatdan tashqari maslahatchisi Sem Kislin ma'lum qildi.
"Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichning atrofidagilardan musodara qilingan qariyb 1,5 mlrd dollar pulni Pyotr Poroshenko va uning yaqinlari bo‘lishib olgan", - deya Kislindan iqtibos keltiradi "112 Ukraina".
Uning so‘zlariga ko‘ra, "bu pullar Yanukovichga emas, boshqalarga tegishli bo‘lgan".
Kislinning aytishicha, bu pullar Ukraina budjetiga o‘tkazilmagan. 503 mln dollar Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibining sobiq o‘rinbosari Oleg Gladkovskiy orqali Poroshenko hisobiga o‘tkazilgan. 300 mln dollar sobiq bosh prokuror Yuriy Lutsenkoga, yana 20 mln dollar milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi sobiq kotibi Aleksandr Turchinov hisobiga o‘tkazilgan.
Kislin bu so‘zlarini hujjat bilan tasdiqlashi mumkinligini bildirdi.
Avvalroq Kislin Poroshenko prezidentlik yillari davomida mamlakatdan kamida 8 mlrd dollar mablag‘ni olib chiqib ketganligini aytgandi.
Mavzuga oid
15:52 / 21.01.2026
Ukrainada Yanukovichga yerni egallab olish ishi bo‘yicha yana 15 yil berildi
22:42 / 03.12.2025
Ukraina sobiq bosh vaziri Nikolay Azarov sirtdan 15 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
10:30 / 18.11.2025
Poroshenko Ukraina hukumatining butun tarkibini iste’foga chiqarishni talab qildi
07:28 / 13.09.2025