Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Parlamentga hurmat qani?»: Boris Jonson parlament yig‘ilishiga kelmagani uchun tanqid qilindi
Britaniya bosh vaziri Boris Jonson parlament quyi palatasining 21 oktyabrdagi yig‘ilishiga kelmay, unga o‘zi o‘rniga “Brekzit” bo‘yicha vazir Stiven Barklini yubordi. Bosh vazirning o‘zini bunday tutishi deputatlar tomonidan parlamentga hurmatsizlik deb qabul qilinib, ularning tanqidiga sabab bo‘lgan.
Quyi palata 21 oktyabrda “Brekzit” masalasi bo‘yicha ovoz berish jarayonini muhokama qilish uchun yig‘ilgan. Biroq Jonson yig‘ilishga kelmagan. Shotlandiya milliy partiyasining parlamentdagi fraksiyasi yetakchisi Ian Blekford bosh vazir qayerdaligi va nima uchun yig‘ilishga kelmaganini bilmoqchiligini aytgan.
“Qani u? Bosh vazirning parlamentga hurmati qani?”, deb savol bilan yuzlangan Blekford. Uning aytishicha, Jonson 19 oktyabrda deputatlar uning “aksildemokratik” deb topishgan “Brekzit” bo‘yicha kelishuvini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortishganda mag‘lubiyatdan o‘zini xo‘rlangan deb hisoblagan.
Quyi palata spikeri Jon Berkou Jonson taklif qilgan “Brekzit” bo‘yicha kelishuvning qayta ko‘rib chiqilishini bloklagan.
19 oktyabrdagi yig‘ilishda quyi palata Jonsonning Yevropa Ittifoqi bilan “Brekzit” bo‘yicha kelishuvini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgandi.
Shundan keyin bosh vazir Yevropa Ittifoqidan “Brekzit”ni 2020 yil 31 yanvargacha qoldirishni iltimos qilgan. Endi ushbu jarayon bo‘yicha qarorni Yevropa Ittifoqi qabul qilishi kerak bo‘ladi. Avvalroq Britaniya Yevropa Ittifoqini 31 oktyabrda tark etishi rejalashtirilgandi.
Mavzuga oid
13:36 / 13.03.2026
Eronda hokimiyat qanday tuzilgan va kim nimaga mas’ul?
16:06 / 09.02.2026
Tailandda - muddatidan oldin parlament saylovlari va referendum
18:17 / 25.09.2025
Qirg‘iziston parlamenti o‘zini o‘zi tarqatib yubordi
17:57 / 23.09.2025