Abdulla Aripov Moskvada o‘tayotgan forumda O‘zbekistondagi internet tezligi haqida gapirdi
Moskvadagi «Ochiq innovatsiyalar - 2019» forumida ishtirok etayotgan O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov zamonaviy texnologiyalar, raqamlashtirish sohasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib berdi.

Forum moderatori, fizika-matematika fanlari doktori Ivan Oseledets bosh vazirga yuzlanarkan, so‘zini O‘zbekistonning ming yillik tarix va ajoyib oshxonaga ega mamlakat ekanini e'tirof etishdan boshladi. So‘ngra aksariyat tanishlari O‘zbekistonni hech qanday ijtimoiy tarmoqlar bo‘lmagan, raqamli sivilizatsiyadan charchaganlar rohatlanib dam olishi mumkin bo‘lgan mamlakat deb bilishini aytdi.
«Respublika mustahkam raqamli taraqqiyot yo‘lidan bormoqda. O‘zbekiston bu sohada nimalarni asosiy vazifa deb biladi?», deya savol berdi u.
«Albatta, O‘zbekistonda bo‘lmaganlar shunday fikrlasa kerak. Birinchidan, O‘zbekiston zamon bilan, dunyo bilan teng qadam tashlamoqda, birgalikda rivojlanmoqda. Bizda ham raqamli texnologiyalar rivojlanib boryapti va biz boshqalar bilan oramizdagi farqni qisqartirish uchun harakat qilmoqdamiz», – dedi Abdulla Aripov unga javoban.
Hukumat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, raqamli infrastruktura bilan ta'minlanganlik borasida mamlakatlar o‘rtasidagi farq va notenglik saqlanib qolmoqda. Xalqaro elektr aloqa ittifoqining ma'lumotlariga ko‘ra, Yer yuzi aholisining 40 foizdan ortig‘i internetdan foydalanish imkoniyatiga ega emas.
«Biz mamlakat aholisining yarmi istiqomat qiladigan qishloq joylarni raqamli imkoniyat bilan ta'minlash muammosiga to‘qnash kelganmiz. Menimcha, bu muammo ko‘plab davlatlarda mavjud. Ushbu muammoni hal qilish uchun respublikada raqamli infrastrukturani rivojlantirish bo‘yicha maxsus prezident dasturi amalga oshirilmoqda.
Xususan, kelgusi yil oxirigacha, mamlakatdagi barcha ijtimoiy obektlar, xususan maktablar, maktabgacha ta'lim muassasalari va tibbiyot muassasalari, ya'ni 20 mingdan ortiq obektlar optik tolali aloqaga asoslangan keng polosali internet bilan qamrab olinadi.
Mobil tarmoqlar abonentlari sonini 20-23 million nafarga yetkazish rejalashtirilgan», – dedi Aripov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekistonda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan 5G mobil tarmog‘ini 2020 yilda Toshkent shahrida tijoriy ishga tushirish maqsad qilingan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston bosh vaziri – mutaxassisligi bo‘yicha elektroaloqa muhandisi. U uzoq yillar mazkur sohada rahbarlik lavozimlarida ishlab kelgan.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“G‘arbiy Sibirni o‘zbeklar boshqargan” – tahlilchilar Rossiyada ko‘tarilgan shov-shuv haqida
Jahon | 22:40 / 31.05.2025
-
Yaponiyada internet tezligi bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatildi
Fan-texnika | 22:02 / 31.05.2025
-
Qizaloq va Lucho: bir muhabbat tarixi
Sport | 21:20 / 31.05.2025
-
Shavkat Mirziyoyev Haj ziyoratidagi o‘zbekistonliklardan xabar oldi
O‘zbekiston | 20:31 / 31.05.2025
Mavzuga oid

09:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Yashil iqlim jamg‘armasi vakolatxonasi ochilishi mumkin

08:02 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Butunjahon intellektual mulk tashkilotining magistratura dasturi joriy etiladi

15:46 / 13.05.2025
O‘zbekiston va Eron o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga chiqarmoqchi

20:32 / 12.05.2025