«Jasliq» advokat kirishi taqiqlangan yagona koloniya edi - Ahmed Aliyev

21 oktabr kuni yetti yil «Jasliq» qamoqxonasida mahbuslikda bo‘lgan «Aliyev zargari» (Gold Center) zargarlik kompaniyasi rahbari Ahmed Aliyev matbuot anjumani o‘tkazdi. U matbuot anjumani davomida ushbu qamoqxona to‘g‘risida ma'lumot berdi.
“Do‘pposlashlar... odamlar aqldan ozishardi, insult, infarkt bo‘lishardi. Bilasizmi, men doim bunday joylarda banditlar, aytaylik, jamiyatdan chetda tutilishi shart bo‘lgan odamlar o‘tirishadi deb o‘ylardim. U yerga kelib koloniyadagilarning qariyb yarmi “buyurtma asosida” qamalganlar ekanligini ko‘rib dahshatga tushdim. Ularga nisbatan jinoyat ishlari soxtalashtirilgandi.
“Jasliq” O‘zbekistonning boshqa koloniyalaridan nimasi bilan farq qiladi? U markazdan eng uzoqda joylashgan hibsxona. U yerga advokatlar kiritilmaydi. Bilasiz, advokat himoyasi ostidagi shaxs oldiga har kuni kira olishi mumkin. “Jasliq” esa advokat kirishi taqiqlangan yagona koloniya edi. “Jasliq” O‘zbekiston hududida joylashgan va O‘zbekiston qonunlariga hamda jazoni ijro etish muassasalari boshqarmasi yo‘riqnomasiga amal qilishi shart. Lekin u yerning o‘z qoidalari bor edi.
Norozi bo‘lgan, ochlik e'lon qilgan mahbuslarni qo‘llaridan kishanlab panjaraga osib qo‘yishardi. Kaltaklashardi, og‘ziga voronka tiqib mahbuslar “balanda” deb ataydigan atalani quyishardi.
Agarda mahbusni ko‘rgani qarindoshlari kelsa, avvalo uning badani ko‘zdan kechirilardi. Mabodo tanasida ko‘kargan joylar bo‘lsa, ko‘rishishga ruxsat berilmasdi.
Qishda muzlab qolardik, oynalar qalin muz bilan qoplanardi, oyog‘imizdagi poyabzallarni yechmasdan, telpakni qulog‘imizga tushirib, qalin paxtalik kamzulda yotardik. Yozda issiqdan o‘lish mumkin edi, tasavvur qiling, jaziramadan tomog‘ingiz qaqrab suv ichish uchun kranni ochasiz, undan esa qaynoq suv tushadi. Bu dahshatni so‘z bilan ta'riflash qiyin.
Prezident Shavkat Miromonovich tufayli ko‘pchilik uchun bu dahshatlar nihoyasiga yetdi. Onalarga farzandlarini, ayollarga erlarini, bolalarga otalarini qaytargani uchun Prezidentimizdan minnatdorman. Prezident juda katta savob ish qildi”, dedi u.
Ahmed Aliyev 2012 yili hibsga olingan, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 23 ta moddasi bo‘yicha ayblov e'lon qilingan edi. 2013 yili esa u uyushgan jinoiy guruh tuzishda aybdor deb topilib, 20 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. 2019 yil sentyabrida Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi «Aliyev ishi»ni qayta ko‘rib chiqib, uni sud zalidan ozod qilgan edi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Medinskiy Ukraina bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralardagi vazifani aytdi
Jahon | 14:09
-
Germaniya davlat budjeti 2029 yilgacha milliardlab yevroni yo‘qotadi
Jahon | 14:07
-
Bloomberg: AQSh Rossiya-NATO kengashini qayta tiklashni taklif qildi
Jahon | 14:05
-
Rubio: Faqat Tramp-Putin uchrashuvi natija beradi
Jahon | 13:58
Mavzuga oid

20:43 / 07.09.2021
Jasliq azoblari. “Borsa kelmas”dan omon qaytganlar hikoyasi

11:35 / 17.04.2021
Jasliqda umrbod ozodlikdan mahrum qilingan yuzga yaqin mahkum saqlanayotgani aytilmoqda

14:39 / 28.07.2020
Jasliqda YTH oqibatida 2ta yuk mashinasi yonib ketdi, bir haydovchi vafot etdi

11:58 / 18.12.2019