Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ShHT hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
Tadbirga Shanxay hamkorlik tashkiloti huzuridagi kuzatuvchi davlatlar hukumatlari rahbarlari ham taklif etilgan
1-2 noyabr kunlari Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar hukumat rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda ShHT bosh kotibi Vladimir Norov ma'lum qildi.
"1-2 noyabr kunlari Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar hukumat rahbarlarining kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston poytaxtida ShHTga a'zo barcha davlatlar bosh vazirlari jam bo‘lishi kutilmoqda", - dedi u.
Norovning so‘zlariga ko‘ra, tadbirga kuzatuvchi davlatlar – Afg‘oniston, Belarus, Mongoliya va Eron hukumatlari rahbarlari, xalqaro hamkor tashkilotlar rahbarlari ham taklif etilgan.
"ShHTga a'zo davlatlar hukumat rahbarlarining kengashi yig‘ilishi ShHT davlatlarining o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish, iqtisodiy o‘sish sur'atini jadallashtirish, transport va energetika, sanoat sohalaridagi aloqalarni kengaytirish imkonini beradi", - deb hisoblaydi Vladimir Norov.
Mavzuga oid
16:12 / 12.09.2022
“Samarqand ruhi” – xalqaro hamkorlikning yangi formatini shakllantirishda mustahkam poydevor bo‘lishi mumkin
15:28 / 12.09.2022
IIV Toshkent shahri va qo‘shni viloyatlarga kirish-chiqish yopilishi haqidagi xabarlarni rad etdi
11:13 / 12.09.2022
Shavkat Mirziyoyev: ShHT ayirmachilik unsuridan xoli bo‘lgan jozibador makonga aylanishi lozim
07:50 / 12.09.2022