Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ar-Riyod Eronga kuchliroq bosim o‘tkazish zarur deb hisoblamoqda
«Bizningcha, yagona yo‘l – kuchli bosim», - dedi Saudiya Arabistoni xorijiy ishlar bo‘yicha davlat vaziri Odil al-Jubayr.
Saudiya Arabistoni Eron bilan muloqot o‘rniga unga nisbatan kuchliroq bosim o‘tkazish niyatida, dedi qirollikning xorijiy ishlar bo‘yicha davlat vaziri Odil al-Jubayr Liberation nashriga bergan intervyusida.
"Yevropalik hamkorlarimiz bizning Eronga yadro quroliga ega bo‘lish yoki ballistik dastur ishlab chiqarishga yo‘l qo‘ymasligimiz kerakligini juda yaxshi bilishadi. Bizda bu borada kelishmovchilik yo‘q. Ammo hamma gap bunga qanday erishishda: kuchli bosim bilanmi yoki muloqot bilan? Yevropa bilan shu masalada bahslashmoqdamiz. Bizningcha, yagona yo‘l – kuchli bosim", - dedi al-Jubayr.
U shuningdek, Saudiya Arabistoni poytaxtida Fors ko‘rfazi mamlakatlari, AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya va qator arab davlatlari bosh shtablari rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tganini eslatdi.
"Eronga aytadiganimiz aniq: dunyo bunday harakatlarga yo‘l qo‘ymaydi. Neft zavodlariga qilingan hujum Saudiya Arabistoniga emas, butun dunyoga qarshi qaratilgan hujumdir",- deb qo‘shib qo‘ydi al-Jubayr.
Mavzuga oid
21:39 / 09.04.2026
AQSh–Eron sulhi: Trampni to‘xtashga majbur qilgan asosiy omil nima?
20:59 / 09.04.2026
Eron TIV: Isroilning Livanga hujumlari sulhni buzish hisoblanadi
19:23 / 09.04.2026
Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi minalar joylashuvi sxemasini e’lon qildi
19:16 / 09.04.2026