Özbekistonning investorlar bilan sudlaşuvlari: Nizodan saqlaniş uçun nimalarga e'tibor beriş kerak?
|16:11 / 25.10.201974 37815 min
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
2019 yil 4 oktabr kuni Investitsion nizolarni hal qiliş xalqaro markazi ICSID (bundan keyingi örinlarda – xalqaro markaz)da «GUNESH TEKSTIL» korxonasi va Özbekiston hukumati örtasidagi nizoga yakun yasaldi. Xalqaro markaz qaroriga muvofiq, mulkiy huquqlar buzilgani sababli (Turkuaz işi) Özbekistonda 2004-2011 yillarda savdo faoliyati bilan şuğullangan bir guruh turkiyalik investorlarga 40 million AQŞ dollari miqdorida kompensatsiya tölanadigan böldi.
Investorlar öz da'volarida keltirgan faktlariga e'tibor qaratsak, «GUNESH TEKSTIL» va uning hamkorlari Toşkentdagi savdo markaziga, şuningdek, Özbekistondagi «Turkuaz» savdo belgisi ostida faoliyat körsatgan bir qator savdo markazlariga egalik qilişgan. Da'vogarlarning ta'kidlaşiça, ularning mulklari ustida mahalliy ma'murlar tomonidan ötkazilgan reydlar davomida kompaniya xodimlariga jismoniy tazyiq ötkazilgan, korxonalarga bojxona, import va soliq qonunlariga xilof ravişda faoliyat olib boriş ayblari qöyilgan. Korxonaning asosiy xodimlari keyinçalik afv etilib, deportatsiya qilingan. Ammo investorlar bu işlar ularning mulklarini tortib oliş uçun oldindan puxta öylangan harakatlar, deb iddao qilişgan.
Bir neça yuz million dollarlik mazkur investitsiya nizosida Özbekistonni dunyoga maşhur White and Case yuridik firmasi himoya qilgan bölsa, turk tadbirkorlari Istanbuldagi Akinci Law Office xizmatidan foydalanişgan. Tortişuvga belgiyalik Hans Van Hut, fransiyalik Erik Şvars va britaniyalik Filipp Sandsdan iborat uç kişilik hakamlar hay'ati hakamlik qildi. 2013 yil avgust oyida boşlangan iş roppa-rosa 6 yil ötib, 2019 yil oktabr oyining 4-kuni öz nihoyasiga yetdi. Uşbu iş Vaşington konvensiyasiga muvofiq taşkil etilgan xalqaro markaz tomonidan hal etilgan. Xorijiy investor öz da'vosini 1992 yildagi Özbekiston va Turkiya örtasidagi «Kapital mablağlarni özaro rağbatlantiriş va himoya qilişga doir» bitim (bundan keyingi örinlarda Turkiya-Özbekiston örtasidagi Investitsiya bitimi) va Özbekistonning 1998 yildagi «Investitsiya faoliyatiga oid» qonuniga asosan qözğatgan.
Hakamlarning xulosalariga köra, Özbekiston tomoni turkiyalik investorlarning mol-mulkini Turkiya-Özbekiston örtasidagi Investitsiya bitimini buzgan holda tortib olgan. Şu bilan birga, xalqaro markaz tadbirkorlarning Özbekistonga qaratilgan kuç işlatiş orqali yetkazilgan ma'naviy zararni qoplaşga oid da'vosini rad etgan.
Mavzuga oid
Şunday qilib uç kişilik hakamlar guruhi Özbekiston tomoniga naqd 40 million AQŞ dollari miqdorida jarima yukladi (xabarlarga köra, investorlar 200 million dollardan ortiq kompensatsiya talab qilişgandi). Bu mustaqil Özbekiston tarixidagi ikki tomonlama investitsiya bitimlariga doir hal etilgan eng katta (e'lon qilingan xabarlarga suyanadigan bölsak) jarima hisoblanib, 2013 yilda Britaniyaning Oxus Gold şirkatiga qöyilgan 10,3 million dollarlik kompensatsiyadan oşib tuşdi.
40 mln AQŞ dollari - milliy pul birligimizda 378 200 000 000 (uç yuz yetmiş sakkiz milliard ikki yuz million) söm deganidir. Jaydari qilib aytadigan bölsak, bu pulga 4976 dona NEXIA 3 LT (2 pozitsiya) maşinasi sotib oliş mumkin.
Şu yerda örinli savollar tuğiladi:
① Qanday qilib bir xorijiy investor katta bir davlatni xalqaro arbitraj sudiga torta oladi?
② Nega davlat sifatida biz bunça katta summani xorijiy investorga tölaşga majbur bölyapmiz?
③ Yurtimiz imijini buzadigan va soliq tölovçilar çöntagiga ta'sir etuvçi bunday holatlar yuz bermasligi uçun hukumatimiz bundan keyin nimalarga e'tibor berişi lozim?
Mazkur maqola – şu uç savolga javob beriş yölidagi uriniş.
1. Qanday qilib bir xorijiy investor katta bir davlatni xalqaro arbitraj sudiga torta oladi?
Avvalambor, xorijlik tadbirkorlar bilan böladigan nizolarda ikki holatni ajratib oliş lozim:
1. Davlat (davlat organi) va xorijiy investor örtasidagi nizo.
2. Xorijiy investor va mahalliy tadbirkor örtasidagi nizo.
Uşbu maqolada 1-guruh nizolarga e'tibor qarataman.
1991 yildan boşlab Özbekiston 50ga yaqin ikki tomonlama va köp tomonlama investitsiyalarni rağbatlantiriş va himoyalaş bitimlarini tuzgan. Mazkur bitimlarda kuçli va sirli, 1990 yillar boşida mahoratli yuristlar kaşf qilgan mexanizm örin olgan. Bu mexanizm – davlatlar ustidan töğridan-töğri neytral xalqaro arbitraj sudlariga da'vo qiliş huquqi. Odatda xalqaro huquqda davlatlar yakka şaxs yoki yuridik şaxslarga ustilaridan xalqaro sudlarga davo qilişga imkon berişmaydi. Faqat 1960-yillardan boşlab ba'zi mamlakatlar xorijiy investitsiyalarni jalb etiş maqsadida çet ellik investorlarga şunday alohida huquq berişga rozi bölişdi. Natijada investitsiya bitimlariga bu qoida kiritila boşlandi. Hozirda bunday bitimlarning butun dunyodagi soni 3000dan oşib ketgan.
Aynan şu xalqaro huquqiy mexanizmini işlatgan holda yuridik yoki yakka şaxs bölgan xorijiy investor katta bir davlatga nisbatan xalqaro arbitraj sudlarida da'vo bilan çiqişi mumkin. Şunday bölyapti ham. Ma'lumotlarga köra, davlatlar va xorijiy investorlar örtasida mingga yaqin şunday nizolar körib çiqilgan.
Ikki tomonlama investitsiya bitimlari xorijiy investor mol-mulkining töliq himoyasi va xavfsizligini (full protection and security) ta'minlaydi, mahalliy yoki uçinçi davlat investorlariga nisbatan kamsitilişini (milliy va eng köp qulaylik tuğdiruvçi rejim), mol-mulkning omma manfaatiga zid ravişda va kerakli kompensatsiyalar tölanmagan holda, qonunlarga zid ravişda tortib olinişini taqiqlaydi.
Qozoğiston Markaziy Osiyoda xorijiy investorlar tomonidan eng köp marta xalqaro arbitrajga da'vo qilingan davlat hisoblanadi. Uşbu davlat ba'zi qarorlarga köra 500 million dollarlik jarima tölaşga majbur bölgan.
Matbuotimizda kam yoritilgan bölsada, Özbekiston ham bu jarayondan çetda qolmagan. Şu paytgaça davlatimizga nisbatan xorijiy investorlar tomonidan xalqaro arbitraj sudlarida ikki tomonlama investitsiyalarni himoyalaşga doir bitimlarga asoslanib quyidagi da'volar qözğatilgan:
Yuqoridagi nizolar davlatimiz tuzgan ikki tomonlama bitimlarga asoslanib qözğatilgan işlardir. Ammo içki qonunçiligimiz yoki davlat organining investor bilan tuzgan şartnomasiga köra qözğatilgan işlar ham kam emas. Investitsiya himoyasiga doir qonunçilikka asoslanib qözğatilgan va keyinçalik katta miqdordagi summa tölaş böyiça kelişuvga erişilgan eng maşhur iş Zarafshan-Newmont - Özbekiston investitsiya nizosi hisoblanadi. 2006 yilda bir qator ğarblik investorlarga nisbatan soliq imtiyozlari tugatilişi natijasida Newmont’ga berilgan soliq imtiyozi ham oldindan tugatilgan. Natijada amerikalik investor Özbekistonni xalqaro arbitraj sudiga bergan. Garçi bu işda arbitraj sudi qarori çiqarilmagan bölsada, ayrim tasdiqlanmagan xabarlarga köra, Özbekiston investor bilan kelişib, unga 78 million AQŞ dollariga yaqin kompensatsiya tölagan.
Ikkinçi iş 2012 yilda rossiyalik va amerikalik investorlar tomonidan taşkil etilgan telekommunikatsiya şirkati – MTSning litsenziyasi olib qöyilişi bilan boğliq holat. Miş-mişlarga sabab bölib kelayotgan mazkur iş Özbekiston hukumati tomonidan eng katta abonent soniga ega bölgan telekommunikatsiya şirkati litsenziyasining tösatdan bekor qilinişi oqibatida kelib çiqqan edi. Bu işda ham yakuniy qaror çiqqani yöq va taraflar kelişgan holda işni hal etişdi. Lekin bu iş mamlakatimizda mol-mulk himoyasiga doir holat naqadar yomonligini dunyoga oşkor qilib qöygandi.
2. Nega davlat sifatida biz xorijiy investorga katta jarima tölaşga majbur bölyapmiz?
Çunki bunday majburiyat davlatlararo yoki hukumatlararo bitimlardan kelib çiqmoqda.
Özbekiston şu paytgaça quyidagi davlatlar bilan ikki yoki köp tomonlama bitimlar tuzgan va tuzişda davom etmoqda.
Özbekiston bilan Investitsiyani himoyalaşga doir bitim tuzgan davlatlar röyxati:
Bundan taşqari, Özbekiston 1994 yilda Investitsiya nizolarini hal qiliş xalqaro markazi Vaşington Konvensiyasini ham imzolagan. Unga köra, ikki tomonlama (davlatlararo yoki hukumatlararo) bitimlar yoki investor bilan tuzilgan şartnomaviy munosabatlar böyiça xalqaro markazning hakamlik sudlarida körilgan işlar taraf bölgan davlat tomonidan albatta ijro etilişi lozim. Bunday qarorlarga içki sudlar yoki adliya vazirliklari tomonidan çet el sudlari qarorlarining tan oliş va ijro etişga doir protsedurasi tatbiq etilmaydi. Xullas, investitsiya bitimlari va Vaşington Konvensiyasi xorijiy investorga xalqaro huquqiy himoya qalqoni vazifasini ötab beradi.
Agar Özbekiston bunday bitimni ijro etişdan, ya'ni özi yutqizgan qaror ijrosidan böyin tovlasa, unda investor uning çet ellardagi mulklariga ijroni qaratişi mumkin. Agar buning ham iloji bölmasa subrogatsiya tizimi orqali investor mansub bölgan xorijiy davlat mamlakatimizga nisbatan investitsiya bitimiga asoslanib qayta işni boşlaydi (masalan, Davlatlararo bitimni ijro etmagani uçun Özbekiston «Gunesh Tekstil» masalasida Turkiya tomonidan bir tomonlama sanksiyalarga uçraşi mumkin). Kamida xalqaro investorlar jamiyatining «işonarsiz davlat» degan tamğasi ostida qolib, çet el investitsiyalaridan quruq qoladi. Şu va boşqa sabablarga köra, davlatlar hozirgaça deyarli barça arbitraj qarorlarini bajarib kelişmoqda.
Şu sababli, Özbekiston ham yuqorida tilga olingan qarorga muvofiq, 40 million dollarlik kompensatsiyani tölaş majburiyatida turibdi. Bunga xalqaro arbitraj sudi xarajati va davlatimizni arbitraj sudida himoya qilgan White and Case şirkatiga tölangan millionlab dollar yoki özbek mulozimlarining şu iş uçun Vaşington yoki Parijga qatnagani xarajatlari kirmaydi. Tuşungan bölsangiz kerak, xalqaro arbitraj odatda katta xarajatlarni talab etadigan qimmat jarayon hisoblanadi.
3. Yurtimiz imijini buzadigan va soliq tölovçilarning çöntagiga ta'sir etuvçi bunday holatlar yuz bermasligi uçun hukumatimiz bundan keyin nimalarga e'tibor berişi lozim?
Yaqin tarixdagi aççiq saboqlarni unutmaslik kerak, zero investorlar jamiyatida bu kabi holatlar osongina unutilmaydi.
Birinçidan, xorijiy investorning mulkiy daxlsizligiga e'tibor bermaslik davlatimiz uçun multimillion va ba'zida hatto multimilliard dollarlik xalqaro-huquqiy javobgarlikni yuzaga keltiradi. Agar biz xalqaro investorlar hamjamiyatining işonçini qozonmoqçi bölsak, mulk huquqi daxlsizligini birinçi öringa qöyişimiz, avvalo, özimiz qabul qilgan qonunlarga özimiz amal qilişni boşlaşimiz darkor.
Biz xususiy mulkka nisbatan qaraşimizni mutlaqo özgartirişimiz kerak: uni asosiy huquq sifatida qabul qilişimiz va uning himoyasiga milliy nomus ölaroq qaraşimiz şart.
Kuni keça Turkiyadagi elçimiz öz intervyusida aytganidek, afsuski, bizda mulkiy huquqlar emas, balki qudrat va pul rol öynayapti. Axir, mansabdor özgalarning haq-huquqini poymol qilib, menga yer bersa, unda ertaga mendan kattaroq investor kelsa, mening ham haq-huquqim yer bilan yakson qilinar ekanda?!
Ikkinçidan, yangiliklarda çiqayotgan xabarlarga e'tibor beradigan bölsak, keyinçalik ham davlatimizga nisbatan bunday nizolar qözğatilişi ehtimoli yöq emas. Investitsion muhit yaxşilangani sayin investorlar soni ham, ular bilan boğliq nizolar ham ortadi. Nizo çiqişi-ku biznesdagi odatiy hol, ammo investorning huquqiy himoyasi ta'minlanmagani noodatiy hol.
Sönggi ikki yil davomida xorijiy investorlar bilan boğliq xabarlarni tekşirib kördim: köpçilik holatlarda xalqaro-huquqiy bitimlarga zid holat közga taşlanadi. Biz bunday moddiy normalarga potensial zid keluvçi holatlar haqidagi xabarlarni kunora öqib turibmiz.
E'tiboringizga şu 1-2 yil içida çiqqan ba'zi xabarlarni taqdim etaman:
✔︎Bizga investorlar kerakmi yoki yöq: Hindistonlik investorni Surxondaryoda qiynayotgan muammolar haqida
✔︎ Investor adolat söramoqda. U Jizzaxda qurilgan zavodni işga tuşirolmayapti
✔︎Andijonda xorijiy investor mulkini kim tortib oldi? Bunga haqqi bormi özi?
✔︎Jizzaxdagi 100 million dollarlik investitsiya mojarosi: loyiha amalga oşişiga nimalar tösiq bölmoqda?
✔︎Sariosiyoda prezident qarorida belgilangan loyihaga tösqinlik qilişmoqda
Uçinçidan, yurtimiz imijini yaxşilaymiz deb xorijiy investorning har bir talabini qonunlarni xatlab ötgan holda bajaraveriş notöğri, albatta. Har bir iş qonun doirasida bölmoği lozim. Şundagina salbiy holatlar kamayadi, tartib örnatiladi. Buning uçun xalqaro investitsiya bitimlari va içki qonunçiligimiz şunga tayyor bölişi lozim.
Törtinçidan, çet ellik investorga berilgan turli imtiyozlardan foydalaniş va ikki tomonlama investitsiya bitimlari himoyasi ostiga kiriş uçun atayin çet elga çiqib, u yerda faqat qoğozdagina xorijiy kompaniya (paper company) oçib, mamlakatimizga qaytib kiruvçi mahalliy mulkdorlar borligi ham bor gap. Bunday holatga barham beriş uçun soliq imtiyozlari tizimini isloh qiliş va mulk huquqi himoyasini kuçaytiriş kerak. Bunday işlar investitsiya nizolariga aylanganini Misr, Ukraina va Ruminiya kabi davlatlarda köriş mumkin.
Xulosa örnida
Mamlakatga sarmoya kiritayotgan çet el investorining huquqiy himoyasi yölida nafaqat içki qonunlar, balki xalqaro huquq normalari ham borligini unutmaslik kerak. Garçi investitsiyalar himoyasi sohasida xalqaro hakamlik sudlari ham yetarliça muammolarga ega bölsada, ular şu paytgaça hal etgan katta nizolar soni 1000ga yaqinlaşdi. Özbekiston ham xalqaro hamjamiyatning tölaqonli a'zosi sifatida bu sohaga e'tibor bermoği va xalqaro majburiyatlarini öz örnida bajarmoği lozim. Öz navbatida, Özbekiston ham yaqin kelajakda qöşni mamlakatlarga investitsiya kirita boşlaşi mumkin, şuning uçun investitsiya bitimlarimizni hamda investorlarimizning xorijiy davlatlardagi himoyasi masalalarini ham qayta tekşiriş kerak böladi.
Mulk himoyasiga katta e'tibor qaratilişi mamlakatimizga faqat foyda keltiradi, xolos. Undan xavfsiraş – mantiqsizlik. Mulkiy huquqlar beqarorligi esa – bir dunyo muammolarning ildizidir...
Alişer UMIRDINOV,
Nagoya (Yaponiya) iqtisodiyot universiteti, biznes huquqi fakulteti professori, «Buyuk kelajak» ekspertlar kengaşi a'zosi.
Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilişi mumkin