Nizom bilan davlat hisobidan yuridik yordam körsatadigan advokatlarni jalb etiş va ularga haq tölaş tartibi belgilandi.

Nizomga köra, davlat hisobidan körsatiladigan yuridik yordam — qonunda belgilangan tartib-taomillar va şartlarga muvofiq davlat hisobidan töliq yoki qisman körsatiladigan, jismoniy şaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilişga qaratilgan malakali yuridik yordam hisoblanadi.

Quyidagi jismoniy şaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam körsatiladi:

- kam ta’minlangan şaxslar (fuqarolik işlari böyiça da’vogarlar yoki javobgarlar, ma’muriy işlar böyiça ariza beruvçilar, ma’muriy qamoq jazosi nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan şaxslar hamda jinoyat işlari böyiça gumon qilinuvçilar, ayblanuvçilar, sudlanuvçilar, şuningdek, mahkumlar bölsa);

- ruhiy holati buzilgan jismoniy şaxslar, ularga psixiatriya yordami körsatilayotganda;

- öz huquqlari buzilgan, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy şaxslar;

- jinoyat işi böyiça advokat iştirok etişi şart bölgan taqdirda, gumon qilinuvçi, ayblanuvçi yoki sudlanuvçi.

Şuningdek, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan kam ta’minlangan şaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam uşbu şaxslar tomonidan ma’muriy qamoq jazosi nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilgan hollarda körsatiladi.

Davlat hisobidan yuridik yordam oliş uçun jismoniy şaxslar eksterritoriallik prinsipi asosida adliya bölimiga oğzaki, yozma yoki elektron şaklda murojaat qiladi:

- elektron şakldagi murojaatlar Yagona identifikatsiya tizimidan (OneID) röyxatdan ötgan holda, “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali yuboriladi.

- oğzaki va yozma murojaatlar tegişli adliya bölimi tomonidan murojaat kelib tuşgan kunning keyingi iş kunidan keçiktirmay tizimga kiritiladi.

Advokatga belgilangan miqdorlarda haq tölanişi bilan birga xizmat safari va transport xarajatlari advokat şartnoma tuzgan joydan 50 km masofadan uzoq bölgan hududda yuridik yordam körsatilgan hollarda qoplanadi.