2024 yilda 30 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar tuhmat va haqorat qilgani uchun sudlandi
10 oy davomida 2,4 ming kishi tuhmat qilgani uchun ayblangan bo‘lsa, 27,9 ming kishi boshqalarni haqorat qilgani uchun sudlangan. Oliy sud ma’lumotlariga ko‘ra, ularning barchasiga jarima solingan. Bundan tashqari, yana 572 kishi ayni shu huquqbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidovning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda 2024 yilning 10 oyi davomida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 40-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik – tuhmat qilishda ayblanib 2 ming 423 nafar fuqaro javobgarlikka tortilgan.
Shuningdek, MJtKning 41-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik – haqorat qilishda ayblanib 27 ming 928 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Oliy sud vakili ularning barchasiga jarima solinganini bildirdi.
Shuningdek, 2024 yilning 10 oyida 572 nafar shaxs Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan tuhmat va haqorat qilish huquqbuzarligini sodir qilib, sudlangan.
Xususan, Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) bilan 121 nafar shaxs sudlanib, ularning 11 nafariga jarima, 14 nafariga axloq tuzatish ishlari hamda 92 nafariga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. 4 nafar shaxs shartli hukm qilindi.
Jinoyat kodeksining 140-moddasi (haqorat qilish) bilan 451 nafar shaxs sudlanib, ularning 92 nafariga jarima, 242 nafariga axloq tuzatish ishlari, 4 nafariga majburiy jamoat ishlari hamda 110 nafariga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. 3 nafar shaxs shartli hukm qilindi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida ham, Jinoyat kodeksida ham tuhmat va haqorat qilish huquqbuzarlik sifatida keltirilgan va jazo belgilangan. Agar, ushbu huquqbuzarliklar ma’muriy jazo qo‘llanganidan keyin sodir etilsa yoki o‘ta og‘ir jinoyat qilishda ayblansa, yoki Internet tarmog‘ida sodir etilsa, yoxud jabrlanuvchi xizmat vazifasini bajarayotgan bo‘lsa, shu kabi holatlarda jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Tavsiya etamiz
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
O‘zbekiston | 14:30 / 27.05.2025
“Viza berishni osonlashtirish haqida gap-so‘z yo‘q” – AQSh elchixonasi
O‘zbekiston | 19:28 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
Jahon | 16:40 / 26.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin urushdagi yordami uchun Kim Chen Inga nima sovg‘a qilgani ma’lum bo‘ldi
Jahon | 23:49
-
Turkiya birinchi suzuvchi gaz platformasini ochiq dengizga yubordi
Jahon | 23:17
-
Xitoylik erkak paraplanda tasodifan 8589 metr balandlikkacha ko‘tarildi
Jahon | 22:44
-
Netanyahu: Isroil AQSh taklif qilgan sulhga rozi bo‘lishga tayyor
Jahon | 22:23
Mavzuga oid

18:37 / 29.05.2025
Farg‘onada tanishini qasddan bosib o‘ldirgan haydovchiga hukm o‘qildi

14:53 / 29.05.2025
Sud jurnalist Anora Sodiqovaning da’vosini rad etdi

12:56 / 29.05.2025
Sud Tramp kiritgan ko‘plab bojlarni noqonuniy deb topdi

12:02 / 24.05.2025