O‘zbekiston | 19:40 / 28.10.2019
94085
1 daqiqa o‘qiladi

Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

OTMlarda kontrakt pulini to‘lashning so‘nggi muddati 20 noyabr etib belgilandi.

2019/2020 o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2019 yilning  20 noyabri etib belgilandi.

«O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2019 yil 21 oktyabrdagi qaroriga asosan 2019/2020 o‘quv yilida OTMlar bakalavriatiga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan (shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan) abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2019 yilning 20 noyabri etib belgilandi», deyiladi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining rasmiy telegram kanali xabarida.

Mavzuga oid