Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MDH mamlakatlarida ishlab chiqarilgan tovarlar importida boj undirilmaydi
2020 yil 1 yanvardan boshlab, O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasidagi mavjud 11 ming 293 turdagi tovarlardan 7 ming 261 turdagisining import boji stavkalari o‘zgarmaydi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi, deya xabar bermoqda “Kun.uz” muxbiri.

Unda ta'kidlanishicha, 2 ming 730 turdagi tovarlarga stavka joriy etilib, 1 ming 96 turdagisiga stavkalar oshiriladi, 208 turdagi mahsulotlarga esa stavkalar pasaytiriladi.
Tadbirda ishtirok etgan Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mutalibjon Soliyevning so‘zlariga ko‘ra, shu yilning o‘tgan 9 oyida umumiy import hajmi 16,2 milliard AQSh dollarini tashkil etgan. Shundan 5,3 milliard AQSh dollari miqdoridagi mahsulotlar MDH mamlakatlaridan olib kirilgan. Bojxona to‘lovlariga tortiladigan umumiy import esa 4,3 milliard AQSh dollari miqdorida bo‘lib, bundan MDH mamlakatlari hissasiga 2 milliard AQSh dollari (46,3 foizi) to‘g‘ri kelmoqda.
E'tiborlisi shundaki, MDH mamlakatlarida ishlab chiqarilgan tovarlarni import qilishda import boji undirilmaydi.
Brifingda aytilishicha, davlat rahbarining 2019 yil 26 iyunda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga asosan shu yil 1 oktyabrdan QQS stavkasi 20 foizdan 15 foizga tushirildi. Natijada 307,6 milliard so‘m mablag‘ TIF qatnashchilari ixtiyorida qoldi.
Tavsiya etamiz
Alyaskadagi muzokaralar: Putin nima talab qiladi va Trampga nima kerak?
Jahon | 12:26 / 12.08.2025
Yil uchrashuvi: Alyaskada nima bo‘ladi?
Jahon | 20:43 / 11.08.2025
Ozarboyjon Ukrainaga 2 mln dollarlik yordam ajratdi
Jahon | 19:53 / 11.08.2025
«Paxtakor-79». To‘lagan Isoqov va Dmitriy Anning xotiralari
Sport | 15:53 / 11.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Brabus olti g‘ildirakli XLP 800 6x6 Adventure pikapini namoyish etdi
Fan-texnika | 21:51
-
Zangezur: O‘zbekiston uchun yangi strategik imkoniyatmi?
Jahon | 21:43
-
“Global brendlar talabi uchun yuqori navli paxta kerak” – investitsiyalar vazirligi mas’uli AQShdan paxta import qilinishiga izoh berdi
Iqtisodiyot | 21:07
-
Isroil bir nechta davlat bilan falastinliklarni ko‘chirish bo‘yicha muzokara olib bormoqda – OAV
Jahon | 21:01
Mavzuga oid

11:56 / 12.06.2025
Ayrim tovarlarga import bojini ikki karra oshirib qo‘llash amaliyoti bekor qilinadi

17:11 / 24.12.2021
Shavkat Mirziyoyev 28 dekabr kuni Rossiyada MDH davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvida qatnashadi

15:00 / 07.07.2019
Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish ularning o‘ziga zarar - «Taraqqiyot strategiyasi» markazi

13:52 / 18.04.2018