Nikolay Shirshov: «Shomurodov – Qosimovdan keyin O‘zbekistonning eng zo‘r futbolchisi»

O‘zbekiston milliy jamoasi safida 13 ta gol urgan Nikolay Shirshov ayni damda Rostovda istiqomat qiladi. Eldor Shomurodov haqida ko‘rsatuv suratga olayotgan Kun.uz muxbirlari Rostovda milliy jamoa safida yorqin o‘yin ko‘rsatgan Nikolay Shirshov bilan ko‘rishdi. Futbolchi O‘zbekiston safidagi o‘yinlarini yodga oldi.
«Biz o‘ynagan vaqtda milliy jamoadagi ichki muhit juda yaxshi edi. JCh saralashidagi Xitoy bilan o‘yinda urgan golim hayotimdagi eng yaxshi xotiralarimdan desam bo‘ladi. Farzandli bo‘lganimda va o‘sha golni nishonlayotganda eng baxtli damlarimni boshimdan o‘tkazganman.
Rahbariyat bilan munosabatlar yaxshi bo‘lgan. Zokir Almatov futbolni yaxshi ko‘radigan odam edi. Esimda, u bir o‘yinda yutqazganimizdan keyin yig‘lagandi.
Eldor Shomurodovning o‘yinlarini albatta kuzatib boraman. Rostovga hamyurtim kelganini bilib uning oldiga bordim, mendan nima yordam kerak bo‘lsa, so‘ra dedim. U ajoyib futbolchi. Menimcha, Eldor o‘zbek futboli tarixida Mirjalol Qosimovdan keyingi ikkinchi futbolchi. Jalol juda zo‘r o‘ynardi.
Hozir murabbiylik bilan shug‘ullanyapman, natijalarimiz yomon emas. Meni bu yerda o‘zbek deb chaqirishadi. Bilasizmi, bizning jamoa maydonga chiqib kelayotganida stadionda «Uchquduq» qo‘shig‘i qo‘yiladi. Mahalliy muxlislar bu qo‘shiqni telefonidagi qo‘ng‘iroq musiqasi o‘rniga ham o‘rnatib olgan»,— deb Shirshovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Shirshov bilan suhbat va u ayni damda nimalar bilan mashg‘ul bo‘layotgani haqida tez orada Kun.uz saytida o‘qiysiz.
Tavsiya etamiz
Tramp bilan urushib qolgan Mask yangi partiya tuzmoqda
Jahon | 15:19 / 06.07.2025
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10 / 06.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
Mavzuga oid

15:56 / 28.12.2021
Nikolay Shirshovning o‘limi sababi ma’lum bo‘ldi

14:03 / 28.12.2021
Nikolay Shirshov vafot etdi

08:56 / 28.11.2019