Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Zelenskiyni Rossiya prezidenti deb aytib yubordi
AQSh prezidenti Donald Tramp Vladimir Zelenskiyni Rossiya prezidenti deb yubordi. Tramp buni Endryus aviabazasidagi nutqi davomida aytgan, deb xabar berdi “Ukrainskaya pravda” nashri.
“Ular endi oshkor qiluvchi [Trampning Zelenskiy bilan suhbatini oshkor qilgan odam] haqida gapirishni istashmayapti, chunki ular suhbat matnini e'lon qilishimni kutishmagandi. Men uni e'lon qilganimda, Shiff [AQSh kongressi quyi palatasining razvedka bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Adam Shiff] dokladini inkor etdim. Bundan tashqari, Rossiyaning yangi prezidenti, yaxshi odam, suhbatda hech narsa bo‘lmaganini aytganini bilasiz. Unga bosim bo‘lmagan. Umuman hech narsa”, deb aytgan Tramp.
Trampning bu xatosiga jurnalistlar e'tibor qaratishgan. Tramp uning impichmentiga olib kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatga izoh berib, Ukraina prezidenti bilan “a'lo darajadagi suhbat bo‘lganini” eslatib o‘tgan. Biroq u Zelenskiyga bosim o‘tkazmaganini ta'kidlayotib, uni Rossiya prezidenti deb atab yuborgan.
Mavzuga oid
09:35 / 16.01.2026
Tramp G‘azo sektorida “Tinchlik kengashi” tuzilganini e’lon qildi
08:38 / 01.12.2025
Tramp urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv imkoniyatini “yaxshi” deb baholadi
10:40 / 25.11.2025
Livitt: Ukraina bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda, lekin prezidentlar bu hafta uchrashmaydi
08:53 / 07.11.2025