Iqtisodiyot | 10:41 / 29.10.2019
6075
1 daqiqa o‘qiladi

Epsilon: «O‘zbekneftgaz» bilan hamkorlikda uglevodorodlar qazib olishni ko‘paytirish ishlari davom etmoqda

28 oktabr 2019 y. o‘tkazilgan GRP amaliyotidan so‘ng, soat 18:20 da Janubiy Tandircha – 50 qudug‘ida gazning kunlik debiti 180 ming kub.m. gacha ortdi. GRP ishlari ortidan esa Janubiy Tandircha va Shimoliy Nishon konlaridagi uchta quduqdan gazning sanoat oqimini olish kutilmoqda.

GRP ishlari zamonaviy uskuna, ilg‘or uslub va texnologiyalarni joriy etgan holda olib borilmoqda. Ishlar yakuniga yetgach, atrof-muhitga yetkazilgan salbiy ta'sirni zararsizlantiruvchi reagentlar qo‘llanilib, hududlar atrofidagi tuproq qayta tiklanadi.

Kompaniya qilinayotgan ishlar to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor etishda davom etadi.

Epsilon kompaniyasi Matbuot xizmati

Mavzuga oid