Oliy ta'lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish bo‘yicha topshiriq ijrosi hamon ta'minlanmagan

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Oliy ta'lim muassasalariga moliyaviy masalalarda mustaqillik berish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq ijrosi hamon ta'minlanmagan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabar bermoqda.
2019 yil 29 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha Komissiya majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Davlat dasturida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta'minlash bo‘yicha 2019 yilning 9 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar, istiqboldagi vazifalar va 2020 yildagi Davlat dasturiga kiritish uchun takliflar muhokama etildi.
Bildirilishicha, Davlat dasturining 221-bandida 1 iyulga qadar 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab davlat buyurtmasi va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt tizimini bosqichma-bosqich joriy etish orqali oliy ta'lim muassasalarini o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish, ularga moliyaviy masalalarda mustaqillik berish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish belgilangan. Prezidentning 2019 yil 11 iyuldagi tegishli qarori bilan ta'lim maskanlarini yangi tizimga o‘tkazish tartibini tayyorlash muddati 2019 yil 1 oktyabrga qadar uzaytirilgan. Biroq, shunga qaramasdan, topshiriq ijrosi hamon ta'minlanmagan.
Davlat dasturining 231-bandida “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta'minlashga 2 trln. so‘m sarflanishi va 50 mingta yangi ish o‘rni yaratilishi qayd qilingan. 2019 yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida 1 848 ta biznes-loyihaga jami 412 mlrd. so‘m ajratish orqali bor-yo‘g‘i 7 778 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Ijrosi uchun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mas'ul bo‘lgan ushbu muhim vazifa bajarilmay qolayotgani jiddiy izoh talab qilishi majlisda alohida ta'kidlandi. Qayd etilganidek, komissiyaning o‘tgan majlisida ushbu masala muhokama etilib, qabul qilingan qarorda mutasaddilarga alohida topshiriqlar berilgan, lekin hanuz amaliy natija ko‘rinmayapti.
Bu va boshqa kamchiliklar atroflicha tahlil qilinib, Davlat dasturida belgilangan va ijrosi qoniqarsiz bo‘lgan vazifalar uchun mas'ul idoralar mutasaddilarining javoblari eshitildi.
Majlisda ko‘rib chiqilgan boshqa masalalar yuzasidan ham Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha Komissiyaning qarori qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Avstraliyada suv toshqinlari oqibatida 100 mingdan ortiq chorva nobud bo‘ldi
Jahon | 23:24
-
Xitoyda birinchi marta operatorlarga uchar taksilardan foydalanishga ruxsat berildi
Fan-texnika | 23:16
-
Ukrainada 20 km masofaga ucha oladigan optik tolali FPV-dronlar sinovdan o‘tkazildi
Jahon | 23:14
-
Demokrat Senatda Tramp siyosatiga qarshi 17 soat nutq so‘zladi
Jahon | 23:06
Mavzuga oid

20:50 / 25.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi

20:38 / 20.03.2025
Tramp ta’lim vazirligini yopmoqda: demokratlar sudga ariza topshirdi

20:49 / 15.03.2025
O‘zbekistonda xususiy maktablardagi o‘quvchilar soni 100 mingdan oshdi

11:02 / 12.03.2025