Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telegram'dagi so‘rovnomada Bosh vazir lavozimi uchun ko‘pchilik Ramatovga ovoz bermoqda
Siyosiy partiyalar parlament saylovlari arafasida Bosh vazir lavozimi uchun o‘z nomzodlari zaxirasini e'lon qilgach, jamoatchilik bu voqelikni qizg‘in muhokama qila boshladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Yangilik jamoatchilik orasida katta qiziqish bilan kutib olindi, turli taxminlar, farazlar ilgari surilmoqda.
Telegram'dagi Insider.uz kanali nomzodlardan qay biri Bosh vazirlikka maqbulligi borasida o‘z o‘quvchilari orasida so‘rovnoma o‘tkazdi.
3 mingdan ortiq respondent qatnashgan so‘rovnomada amaldagi Bosh vazir Abdulla Aripov nomzodini 22 foiz (670 kishi) kishi qo‘llab-quvvatlagan.
Eng ko‘p ovozni bosh vazir o‘rinbosari, Transport vaziri to‘plab turibdi. 37 foiz ishtirokchi (1070 kishi) Ochilboy Ramatovga ovoz bergan.
Uchinchi o‘rinda Adliya vaziri Ruslanbek Davletov bormoqda. Uning nomzodini respondentlarning 22 foizi (640 kishi) yoqlab chiqqan.
«Milliy tiklanish»ning noma'lum nomzodi 2 foiz, Ekopartiya vakili – «O‘zkimyosanoat» rahbari Odil Temirov 2 foiz ovoz yig‘gan.
Bu nomzodlarning barchasiga qarshi ovoz berganlar soni ham salmoqligina — 18 foiz (540 kishi)
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Kun.uz O‘zbekistondagi siyosiy partiyalar parlament saylovlarida g‘olib chiqsa, Bosh vazir lavozimiga kimni ilgari surishi borasida ma'lumot bergan edi.
Mavzuga oid

16:26 / 05.06.2025
Tojikistonda MDH davlatlari hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi

09:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Yashil iqlim jamg‘armasi vakolatxonasi ochilishi mumkin

08:02 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Butunjahon intellektual mulk tashkilotining magistratura dasturi joriy etiladi

15:46 / 13.05.2025