Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘qondagi ko‘prik ostida behuda oqib yotgan ichimlik suviga kim javobgar?
Xalqimizda «Ummon oldida tursang ham, bir tomchi suvni isrof qilma!», degan naql bor. Ushbu naqlga amal qilib, suvni tejash, uni isrof qilmaslik haqida ko‘p gapiramiz. Lekin joylarda soha mutasaddilarining beparvoligi oqibatida ichimlik suvining behuda oqib yotayotgani haqida aholi tomonidan ko‘plab murojaatlar kelmoqda.
Murojaat bo‘yicha Qo‘qon shahrida bo‘ldik. Qo‘qon shahri va Dang‘ara tumanlari o‘rtasidan Qo‘qonsoy (Qorako‘rpasoy) kanali o‘tgan. Forobiy ko‘chasidagi Qo‘qonsoy kanali ko‘prik ostidan o‘tgan magistral tarmog‘idagi ichimlik suvi Qo‘qon shahri, Navoiy mavzesi, Yangibozor, Shisha bozor, Urganjibog‘, Dang‘ara tumanining «Chodaklik» MFY va boshqa hududlarga o‘sha joydan taqsimlanadi.
Kun.uz saytiga murojaat yo‘llagan Maqsudjon Qodirov bilan birga borib muammoni o‘rgandik. Magistral ichimlik suvi tarmog‘idan bir necha kichik tarmoqlarga suv taqsimlangan ekan. Biroq tarmoq tizimi o‘tgan «truba»lar eskirgani tufayli kuniga minglab kubometr, soatiga 5-6 tonnadan ziyod ichimlik suvi isrof bo‘lib, kanalga oqib ketayotganiga guvoh bo‘ldik.
Ko‘prik ostidagi suv «liniya»lari teshilib, achinarli holatga kelib qolgan. To‘planib ketgan chiqindilar uyumi orasidan esa suv buloq bo‘lib toshib oqayotgan manzarani ko‘rish mumkin edi.
Aholi vakillari bu masala bo‘yicha Qo‘qon shahri «Suvoqova» tashkilotiga bir necha bor murojaat qilinganini aytishdi. Lekin shu paytgacha hech qanday chora ko‘rilmagan.
«Nima ham derdik, mahallamizda ichimlik suv bo‘yicha deyarli muammo yo‘q. Goh-gohida bosim pasayib ketadi. Yozda suv tushmay qoldi. Lekin shu ko‘prik oldidan o‘tayotganimda isrofgarchilikni ko‘rib achinaman» - deydi «Chodaklik» mahallasida yashovchi Qurbonoy Qosimova.
Bu masalaga oydinlik kiritish maqsadida Qo‘qon shahar «Suvoqova» bo‘limiga borib, tashkilot rahbari yoki boshqa biror javobgar mutasaddini topa olmadik. Mijozlar bilan ishlash bo‘limi xodimlari tashkilot rahbari Akramjon Irmanovning telefon raqamini berishdi. Mutasaddi bilan telefon orqali suhbatlashganimizda, bu masalaga o‘sha hudud xodimi bilan gaplashib aniqlik kiritib olishini so‘radi. Biz yana aloqaga chiqishimizni aytdik.
Oradan bir kun o‘tib gaplashganimizda, isrof bo‘layotgan holatni tushuntirib, yoz faslida esa suv bo‘lmaganini aytganimizda esa bo‘lim rahbari bizga aniq ma'lumotni aytish o‘rniga, «sizlarga kim aytdi o‘zi, men bilan yuzlasha oladimi?» deya qiziqishni boshladi. Hayron qoldik, tashkilot rahbarining asosiy vazifasi murojaatchi kimligiga aniqlik kiritish emas, balki mavjud kamchilikni tuzatib, tarmoqni ta'mirlash emasmi?
Qo‘qon shahar «Suvoqova» tashkiloti mutasaddilari bu masalaga jiddiy e'tibor berishini so‘rardik.
Sarvarbek Nazarov
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Isroil - HAMAS muzokaralaridan chiqdi
Jahon | 00:46
-
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi
Fan-texnika | 23:45 / 24.07.2025
-
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi
Jahon | 22:53 / 24.07.2025
-
Toshkentda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi
Sport | 22:49 / 24.07.2025
Mavzuga oid

21:14 / 12.07.2025
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan 14700 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori musodara qilindi

18:38 / 12.06.2025
Avtofalokatda jabrlanganlarga 500 million so‘m zarar qoplab berildi

18:51 / 11.06.2025
Qog‘ozda hammasi yaxshi, amalda-chi? Ichimlik suvi ta’minotida keng ko‘lamli kamchiliklar aniqlandi

20:37 / 26.05.2025