Bugun, 31 oktabr kuni kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Eksport faoliyatini moliyalaştiriş va suğurta himoyasi mexanizmlarini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi maxsus qarori böyiça matbuot anjumani bölib ötdi.

Tadbirda berilgan ma'lumotlarga köra, eksportyorlar milliy valutada olgan krediti foiz xarajatlarining 10 foizgaça bölgan qismi davlat budjetidan kompensatsiya qilib beriladi. Misol uçun, yillik 24 foiz stavkada kredit olinganda uning qayta moliyalaştiriş stavkasidan yuqori bölgan qismi ya'ni 8 foizi böyiça xarajatlar davlat budjetidan qoplanadi. Şuningdek, xorijiy valutada olgan krediti foiz xarajatlarining 40 foizi (stavkaning 4 foizigaça) davlat budjetidan kompensatsiya qilib beriladi.
Agar eksportyorning kredit oliş uçun garov ta'minoti yetişmasa, Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasidan kredit summasining 50 foizigaça (4 mlrd. sömgaça) qismi uçun kafillik olişi mumkin.
Agentlik tomonidan şu kunga qadar 8ta xalqaro körgazmada 105 nafar tadbirkor qatnaşişi ta'minlandi va ularning körgazmalarda qatnaşiş bilan boğliq 2 mlrd sömdan ortiq bölgan xarajatlariga moliyaviy kömak berilgan.
Kun.uz muxbirining «bu qarordan tadbirkorlar qay darajada foydalanişi» haqidagi savoliga Eksport salohiyati va savdo infratuzilmasini rivojlantiriş boşqarmasi boşliği Jasur Avezov javob berdi.
«Şu kunga qadar ötgan vaqt davomida 47 nafar eksportyorga 104 mlrd sömlik kreditlari uçun kompensatsiyalar tölandi, 4 nafar eksportyorning 7 mlrd sömlik kreditiga kafillik qilindi. Bu körsatkiçlar kamligiga sabab hozirça eksportyor tadbirkorlarimiz bu imtiyozlarda töliq xabardor emasligidir. Bu kamçilikni bartaraf etiş maqsadida hozir har bir viloyatda, har bir tumanda Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi markaziy apparatidan biriktirilgan mas'ul xodimlar işlaşmoqda, eksportyorlarga bu imkoniyatlar böyiça tuşuntiriş işlari olib borilmoqda», deydi u.











