Iqtisodiyot | 14:02 / 31.10.2019
7136
1 daqiqa o‘qiladi

Epsilon: «O‘zbekneftgaz» hamkorligida gaz qazib olish yanada jadallik bilan ko‘paytirilmoqda

31 oktabr 2019 y. GRP ishlari tugagach, Janubiy Tandircha konidagi 83-sonli quduqdan chiqarilayotgan tabiiy gazning kunlik debiti 100 ming kub.m. gacha ortdi. Shimoliy Nishon konidagi uchta quduqdan ham gazning sanoat oqimini olish kutilmoqda.

Ishlar zamonaviy uskuna, ilg‘or uslub va texnologiyalar asosida olib borilmoqda, ular yakuniga yetgach, atrof-muhitga yetkazilgan salbiy ta'sirni zararsizlantiruvchi reagentlar qo‘llanilib, hududlar tevarak-atrofidagi tuproq qayta tiklanishi uchun maxsus ishlov beriladi.

Kompaniya yo‘nalishdagi ishlar borasida jamoatchilikni xabardor etib boradi.

Epsilon kompaniyasi Matbuot xizmati

Жамшид Рузибаев
Tayyorlagan Жамшид Рузибаев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid